Линклар

Xindiston poytaxti Delida fohishalik bilan shug'ullnayotgan to'rt o'zbekistonlik ayol va ularning qo'shmachisi mahalliy politsiya tarafidan qo'lga olindi.

Mid-day axborot saytining xabar berishicha, fohishalar Xindistonga ikki yil oldin turist vizasi bilan kelishgan. Ularga o'zbeskistonlik ayol qo'shmachilik qilib, Delining bir qator joylarida faoliyat olin borishgan.

Deli politsiyachilari o'zbekistonlik fohisha ayollarning "dumi"ga ularning qo'shmachisi orqali tushishdi. O'zini "klient" deb tanishtirgan politsiyachi, so'ralgan 50 ming rupiy (1 ming 125 AQSh dollari) evaziga ayollar bilan uchrashmoqchi bo'lgan. Deli politsiyasi pul to'langandan so'ng fohisha ayollarni va ularning qo'shmachisini hibsga olgan.

Ayni damda hibsga olingan o'zbekistonlik ayollarga nisbatan jinoiy ish ochilmoqda.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG