Линклар

Xitoy o‘zbek talabalari uchun kvotani oshirdi


Toshkent va Pekin rasmiylari o‘rtasidagi aloqalar ayniqsa Andijon voqealaridan keyin jadal sur‘atlarda rivojlana boshlagan.

Toshkent va Pekin rasmiylari o‘rtasidagi aloqalar ayniqsa Andijon voqealaridan keyin jadal sur‘atlarda rivojlana boshlagan.

“Bu avvalgi yillarga qaraganda ikki barobar ko‘pdir”, deya iqtibos keltiradi Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi Chjan Syao so‘zlaridan Regnum axborot agentligi.

Xitoylik diplomatga ko‘ra, ikki mamlakat olimlari, jamoatchilik tashkilotlari vakillari va san‘atkorlari o‘rtasida o‘zaro safarlar yildan yilga ko‘payib bormoqda.

- Garchi O‘zbekistonga kelganimga hali uncha ko‘p bo‘lmagan bo‘lsa-da, meni bu yerda xitoy tili va adabiyotini o‘rganish bo‘yicha ishtiyoqning zo‘rligi hamda oddiy o‘zbeklarning Xitoyga bo‘lgan qiziqishining ulkanligi hayratda qoldirayapti, - dedi Chjan Syao.

U Konfutsiy instituti Markaziy Osiyo bo‘yicha eng avval Toshkentda ochilganini, O‘zbekistondagi ko‘plab oliy o‘quv yurtlarida esa xitoy tili o‘rgatilayotganini qayd etdi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi ma‘lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonning Xitoy bilan ta‘lim sohasidagi hamkorligi jadal rivojlanib borayapti, ikki mamlakat o‘rtasida talaba va stajer almashish bo‘yicha dasturlar ishlayapti.

2005 yilning may oyidan boshlab xitoy tili va adabiyotini o‘rganish bo‘yicha Konfutsiy nomidagi institut faoliyat olib borayapti va unda maktab o‘quvchilari, talabalar, biznesmenlar, ilmiy xodimlardan iborat 150 dan ziyod tinglovchi ta‘lim olayapti.

2008-2009 o‘quv yilida Xitoy Xalq Respublikasi hukumati, ikki tomonlama shartnomaga muvofiq va ShHT doirasida 40 nafar o‘zbekistonlik talabaga hukumat grantini taqdim etdi. Xitoyda ular xitoy tili, xalqaro iqtisodiyot va savdo-sotiq, menejment, ekogeologiya, yadro fizikasi kabi mutaxassisliklari bo‘yicha o‘qishmoqda. Ayni paytda O‘zbekistonda 20 nafar xitoylik talaba ta‘lim olmoqda.

2007 yilda Toshkentdagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi univyersitetida Xitoy tili markazi ochildi. 2005 yil sentabridan esa XXR Millatlar markaziy univyersitetida o‘zbek tili kafedrasi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Sana va raqamlardan ko‘rinib turibdiki, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi aloqalar, shu jumladan, ta‘lim sohasidagi hamkorlik 2005 yilgi Andijon voqealaridan keyin Xitoy rasmiylari o‘zbekistonlik hamkasblarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini bildirganidan so‘ng kuchaygan va bu jarayon hamon davom etmoqda.
XS
SM
MD
LG