Линклар

Xitoy hukumati pop musiqa qirolichalari Lady Gaga va Beyonce bilan birga yana bir nechta ijrochilarning bir qator qo'shiqlarni Xitoy axborot vositalarida, jumladan internet saytlarda man qildi.

Bir yarim milliard aholosi bor Xitoy mamlakatining Madaniyat vazirligi chiqargan bu qaror yuzga yaqin qo'shiqlarni "qora ro'yxatga" tushirdi. Bunday qarorga sabab, man etilgan qo'shiqlar matnlarining "beadabligi", deya xabar beriladi xalqaro axborot agentliklarida.

Man etilgan qo'shiqlarining aksari Hong Kong va Tayvanda faoliyat ko'rsatuvchi qo'shiqchilarniki. Biroq dunyo bo'ylab dong'i ketgan Lady Gaga, Beyonce, "Back Street Boys" va Katy Perry'larning ayrim qo'shiqlari ham shular ichidan o'rin olgan.

Qo'shiqlarning "qora ro'yxati" Xitoy yoshlarini "yomon didli va beadab" axborotdan asrash maqsadida mamlakat Madaniyat vazirligi tarafidan tuzuladi va hukumat tarafidan tatbiq etiladi.

Xalqaro axborot agentliklari berayotgan xabarlarga ko'ra, Xitoy ichida faoliyat olib boradigan veb-saytlar man etilgan qo'shiqlarni ikki hafta mobaynida o'z veb-sahifalaridan olib tashlashlari kerak bo'ladi.

Eslatamiz, yaqinda Forbes jurnali Lady Gagani ko'ngil ochar dunyosidagi eng qudratli mashhur insonlar ro'yxatida birinchi o'ringa qo'ygan edi.
XS
SM
MD
LG