Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:06

Google: Xitoylik xakerlar Gmail tizimiga hujum qildi


Google kompaniyasiga ko‘ra, xitoylik xakerlar AQSh rasmiylari, harbiy mulozimlari va jurnalistlarga tegishli Gmail elektron pochta adreslarini buzgan.

Google AQSh hukumatining aynan qaysi idorasiga hujum qilingani yoki buzilgan elektron adreslarda mahfiy hujjatlar bo‘lganmi, bu xususda izoh bermadi.

Google tarqatgan ma'lumotga ko'ra, xakerlar hujumi Xitoyning Jinan shahrida turib qilingan. Biroq Bi-Bi-Si saytining xabar berishicha, Xitoy tashqi ishlar vazili Google ayblovlarini asossiz ekanligini ta'kidladi.

Google keyingi 17 oy ichida ikkinchi marta o‘ziga qarashli ulkan kompyuter tarmog‘iga Xitoydan hujum qilingani e‘lon qilmoqda.
XS
SM
MD
LG