Линклар

logo-print

Xorijdan O‘zbekistonga qaytayotganlar e‘tibori uchun


Xorijdan uyga kompyuter yoki uyali telefon olib kelayotgan bo‘lsangiz, boj to‘lovlari undirilishi ehtimolini yodingizda tuting!

Xorijdan uyga kompyuter yoki uyali telefon olib kelayotgan bo‘lsangiz, boj to‘lovlari undirilishi ehtimolini yodingizda tuting!

“Toshkent xalqaro aeroporti orqali mamlakatga kiruvchi o‘zbekistonliklar yonida 1000 AQSh dollaridan qimmat narxdagi elektron va radioelektron buyumlar bo‘lsa, boj solig‘i to‘lashlariga to‘g‘ri keladi”. Aeroportdagi Bojxona nazorati xizmati bergan ma‘lumotga ko‘ra, bunday tartib 1998 yildan buyon amal qilib keladi. Biroq, Ozodlikka murojaat qilgan o‘zbekistonliklardan olingan ma‘lumotga ko‘ra, ayniqsa, shu kunlarda bu qarorning ijrosi ustidan nazorat kuchaytirilgan va O‘zbekistonga bittadan ortiq uyali telefon yohud noutbuk kompyuterini olib kirish taqiqlandi, degan xabarlar paydo bo‘lgan.

Dastlab, Toshkent xalqaro aeroporti Bojxona xizmati bilan xizmatning ishonch telefon orqali bog‘landik. Ozodlik bilan gaplashgan, lekin o‘zini tanishtirmagan bojxona xodimi “Bittadan ortiq uyali telfon va kompyuter olib kirish taqiqlanganmi?” degan savolimizga yo‘q, deb javob berdi va bunga oid tartibni sharxlab berdi.

Bojxona xodimining so‘zlariga ko‘ra, 1998 yilda qabul qilingan tartibga muvofiq har bitta shaxsga qiymati 1000 AQSh dollaridan va soni bittadan oshmagan radioelektron va elektron buyumlarni bojxona to‘lovisiz O‘zbekistonga olib kirishi mumkin.

Ozodlik muxlisrini qiziqtirgan uyali telefon va kompyuter bojxona tartibida ko‘zda tutilgan radioelektron va elektron buyumlar sirasiga kiradi.

- T6 shaklidagi bojxona deklaratsiyasi bor. O‘shanda ko‘rsatiladi. Misol uchun telefon, bitta televizor, bitta noutbuk to‘g‘rimi? Bittada hammasi. Agar narxi 1000 AQSh dollaridan oshmasa shu narsalarni, to‘sqinliksiz bemalol o‘tib ketavyeradi. Deklaratsiyada ko‘rsatgan holda faqat. Lekin o‘sha yerda fuqaro mana shu narsalarning narxini 2000 AQSh dollari deb ëzdi. Buni bizlarning bolalar akt bilan to‘xtatishadi.

Dalolatnoma tuziladida, bojxona rasmiylashtiruvini davom ettirish uchun olib qolinadi. Bitta dona bo‘lsa ham, narxi balandda buning opajon. 1000 AQSh dollaridan oshgani uje to‘xtatiladi. Bir xil narsalarimiz bor 1000 AQSh dollaridan oshmasa ham, soni ko‘p bo‘lishi mumkin. Narxi 100 dollar, lekin soni 100ta bo‘lishi mumkin. Unda ham tovar soni ko‘p bo‘lgani uchun to‘xtatishimiz mumkin,- deydi bojxona xodimi.

Bojxona xodimiga muxlislarimizdan tushgan konkret savolni berdik: “Misol uchun, O‘zbekistonga kirmoqchi bo‘lgan shaxsning yonida uchta mobil telefoni bor, biri o‘ziniki va 2 tasi sovg‘aga. Unga nisbatan qay tartib asosida muomala qilinadi?”

- Misol uchun bittasini o‘sha yerning o‘zida qaytarib berishadida, ikkitasini akt bilan olib qolishadi. Keyin rasmiylashtiruvchi SEMS, degan tashkilotiga boradi. Agar ular razresheniye bersa, bizlarda uning narxi o‘rganiladi. Agar 1000 AQSh dollaridan oshmasa, katta bo‘lmagan miqdorda blanka rasmiylashtiramiz. Har bir blanka 340 so‘m. Shunaqa blanka rasmiylashtirib chiqib ketavyeradi keyin.

Agar narxi 1000 AQSh dollaridan oshadigan bo‘lsa, tegishli bo‘lgan bojxona to‘lovlarini to‘lash kerak bo‘ladi,- dedi Toshkent aeroporti Bojxona nazorati xizmatining ishonch telefoni orqali tushuntirish bergan xodimi.

Bojxona xodimi bilan suhbatdan tushunildiki, agar O‘zbekistonga qaytayotgan o‘zbekistonliklar yonida sovg‘a uchun olingan ikki yoki undan ko‘proq noutbuk kompyuteri bo‘lsa, u holda narxi 1000 dollardan oshmagan bitta kompyuter shaxsiy qo‘llanishi uchun, deya soliqqa tortilmaydi. Ammo qolganlariga belgilangan tartibda boj solig‘i to‘lanadi.

Agar O‘zbekistonga borayotgan o‘zbekistonliklar o‘z mobil telefonidan tashqari yonida yana sovg‘a uchun olgan ikkita yoki undan ko‘proq telefonlar bo‘lsa ham, narxi 1000 dollardan oshmagan bitta telefon soliqqa tortilmaydi.

Qolganlari esa narxidan qat‘iy bojxonada olib qolinadi va buyum egasidan tegishli idorada buyumlarini O‘zbekistonga olib kirish uchun ruxsatnoma olish talab qilinadi.

Toshkent aeroportining bojxona nazorati xizmati xodimi tilga olgan markaz – Elektromagnit moslashuv markazi bilan ham bog‘landik.
Markazning o‘zini tanishtirmagan xodimi O‘zbekistonga jismoniy shaxslar olib kirmoqchi bo‘lgan bittadan ortiq uyali telefonga ruxsatnoma berish tartibini tushuntirdi.

- Shaxsiy ehtiëj uchun olib kirilgan uyali telefon bizlardan ro‘yxatdan o‘tmaydi. Bu endi shaxsiymi, sotuvmi tamojnyadagilar bilmaganligi uchun bizlarga yuborishadi. Bizlar ham ko‘rib chiqamiz. Misol uchun jismoniy shaxs 2-3-5ta olib kirayapti. Keyin xatida ko‘rsatiladi sovg‘aga olib kirdim, shaxsiy foydalanishga olib kirdim deb. Uch kunda beramiz.

Ozodlik: Shaxsiyligini sizlar qayerdan bilasizlar?

Xatda ëzib ko‘rsatadiku. To‘rtta-beshta nima bilan tijorat boshlay olmaysizda. Biznes emas bu.

Elektromagnit markazi vakili va bojxona xodimi so‘zlaridan O‘zbekiston hududiga olib kirilayotgan elektron va radioelektron buyumlar soni va qiymatiga cheklov qo‘yilganini anglash mumkin. Ya‘ni, buyum egasi boj to‘lovidan ozod bo‘lishi uchun u olib kirayotgan molning narxi 1000 AQSh dollaridan, soni esa bittadan oshmasligi kerak.

Shu o‘rinda yana bir savol tug‘iladi: tabiiyki, narxi va soni shu cheklovdan ortgan taqdirda bunday buyumlardan unidiriladigan boj to‘lovi qanday belgilanadi?

Bojxona nazorati xodimidan bu savolga aniq javob olomadik:

- Oldindan bila olmaymiz opajon. Chunki telefonning nimasi ko‘p, modeli ko‘p. Oddiy Nokianing necha yuzta modeli bor. Narxi hammasi o‘zidan kelib chiqadi. 50 mingdan boshlab yuqorisini o‘zingiz bilasiz. Hozir televizorda ko‘rsatishicha, 3000-4000 dollarlik telefonlar ham chiqib ketgan.

Bojxona xodimi O‘zbekistonga shaxsiy ehtiyojlar maqsadida xorijdan keltiriladigan mahsulotlarga solinadigan boj to‘lovlari stavkasi haqida hozir bepul yuridik maslahat beruvchi “Lex.uz” saytini tavsiya qildi.

Ushbu saytdan olganimiz ma‘lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonga xorijdan olib kirilayotgan elektron buyumlardan kamida 3, ko‘pi bilan esa 6-7 turdagi bojxona to‘lovi undirilishi mumkin va to‘lov stavkalari nafaqat boj to‘lovi turi, balki, mahsulotning turi, hajmi, narxi va holatiga ko‘ra tasniflangan o‘ta murakkab shkala asosida ishlab chiqiladi.

Boshqacha, aytganda, agar O‘zbekiston hududiga o‘z shaxsiy ehtiyoji uchun bittadan ortiq va 1000 AQSh dollaridan qimmat narxdagi elektron va radioelektron buyumni olib kirishini istaganlar uning boj to‘lovi qancha bo‘lishini faqatgina bojxona nazorati xizmati xodimi to‘xtatganidagina bilishi mumkin.

Maqola avvalida aytganimizdek, O‘zbekistonda bunday tartib 1998 yilda qabul qilingan huquqiy meyorlar asosida joriy etilgan. Ammo, nega endi bunday tartib ustidan nazorat nega endi bugun kuchaytirilgani haqidagi savolimizga rasmiylardan jo‘yali javob ololmadik.

Ammo, kuni kecha Toshkent xalqaro aeroport bojxona nazorati tekshiruvidan o‘tgan va ish faoliyati elektron hamda radioelektron vositalar bilan bog‘liq bo‘lgan jurnalist Sergey Naumov vaziyatni shunday ta‘riflab berdi.

- To‘g‘risini aytsam, men unaqa kuchli nazoratni sezmadim. Ikkita mobil telefon va bitta fotoapparat bilan o‘tdim. Deklaratsiyada ko‘rsatdim. So‘rab ham qo‘yishimadi, ochig‘i. Bu tartibning qabul qilinganiga ko‘p yil bo‘lgan va odatan, tekshiruv kuchayibdi, degan ovozlar tez-tez tarqalib turadi. Endi bu ko‘proq o‘sha bojxona personalining ishga yondoshuviga ham bog‘liq, menimcha,- deydi o‘zbekistonlik jurnalist.

Nega endi O‘zbekistonga shaxsiy ehtiyoj uchun bittadan ortiq kompyuter olib kirish mumkin emas, degan savolga Sergey Naumov shunday fikr bildirdi:

- Aksariyat hollarda buni mamlakatning ichki iqtisodini quvatlash kabi sabablar bilan izohlashadi. Go‘yoki, O‘zbekiston iqtisodini quvvatlash uchun xorijda arzon turgan elektro-texnikani qimmat narxga shu yerdan olish kerakdek. Lekin, masalani mohiyatiga qaralsa, bu mantiqsiz amaliyot va uni faqat O‘zbekistonda kuzatish mumkin, menimcha,- deydi Sergey Naumov.
XS
SM
MD
LG