Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 13:20

Xorijlik murabbiy o'zbek futbolchilarini tashlab ketdimi?


O‘tgan yili o‘zbek futzalchilari Serjio Sapo murabbiyligi ostida Osiyo chempionatida ikki o‘rinni qo‘lga kiritgandilar.
O‘tgan yili o‘zbek futzalchilari Serjio Sapo murabbiyligi ostida Osiyo chempionatida ikki o‘rinni qo‘lga kiritgandilar.
Futzal bo‘yicha milliy jamoa murabbiysi Serjio Sapo o‘z majburiyatlarini bajarmay, O‘zbekistondan ketib qoldi.

Bu haqda O‘zbekiston futbol federatsiyasi sayti xabar qiladi.

Avvalroq braziliyalik murabbiy Sapo rafiqasi betobligi tufayli vataniga ketgani, oilaviy muammolarini hal qilish uchun u O‘zbekiston Futbol federatsiyasidan 2011 yil oxirigacha javob so‘ragani haqida xabar qilingandi.

Keyinroq, o‘zbekistonlik ish beruvchilarga ko‘ra, Sapo Braziliyadagi klublardan biriga murabbiylik qilayotgani ma‘lum bo‘lgan.

- Yangi komanda bilan shartnoma imzolaganidan keyin u Braziliyadagi ommaviy axborot vositalariga intervyular bera boshlagan, biroq u biz bilan boshqa ishlashni istamasligi haqida bilmagandik, - deya iqtibos keltiradi O‘zbekiston Futbol federatsiyasi matbuot vakili so‘zlaridan Regnum axborot agentligi.

Federatsiya vakili o‘zbek futzalchilari Sapoga katta umidlar bog‘langanini aytadi.

- Sapo bilan 2012 yilgacha shartnoma imzolangandi, biroq 2011 yilning yanvaridan u Braziliyadagi klubga rahbarlik qilmoqda, - dedi O‘FF vakili.

Braziliyalik murabbiy Serjio Sapo bilan O‘zbekiston Futbol federatsiyasi 2009 yil avgustida shartnoma tuzgandi.

O‘zbek futzalchilariga murabbiylik qilishdan oldin Sapo bir necha yil Braziliyada va Yaponiyada murabbiylik bilan shug‘ullangan. O‘tgan yili O‘zbekiston terma jamoasi braziliyalik murabbiy rahbarligida Futzal bo‘yicha Osiyo chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritgandi.
XS
SM
MD
LG