Линклар

Nyu Yorkda prokurorlar Xalqaro valyuta jamg‘armasi rahbari Dominik Stross-Kanga mehmonxona xodimasini zo‘rlashga uringanlik aybini e‘lon qildi.

Bunga Manxettanda joylashgan mehmonxonaning 32 yoshli xodimasi bir kecha birga qolish uchun Stross-Kann unga uch ming AQSh dollari to‘lashni taklif qilgani haqidagi iddao sabab bo‘ldi.

Politsiya matbuot vakili Stross-Kan diplomatik daxlsizlikka ega emasligini bildirdi.

Xalqaro valyuta jamg‘armasi rahbarining advokatlaridan Benjamin Brafman Reyters axborot agentligiga Stross-Kann o‘ziga qo‘yilayotgan ayblovlarni tan olmasligini elektron pochta orqali ma‘lum qildi.

62 yoshli Dominik Stross-Kann shanba kuni Parijga uchib ketishiga sanoqli daqiqa qolganda Nyu Yorkning Kennedi aeroportida ushlab qolingan.

Yevropaga safari davomida Stross-Kanning Germaniya Kansleri Angela Merkel bilan uchrashishi rejalangan edi.
XS
SM
MD
LG