Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 20:03

Yaman prezidenti Saudiyada operatsiya qilindi


Saudiya Arabistoni rasmiylari Yaman Prezidenti Ali Abdulloh Solihning ko‘kragidan oskolka jarrohlik amaliyoti orqali olib tashlangani va u Saudiyadagi kasalxonada davolanayotganini ma‘lum qildi.

Poytaxt Sanaadagi prezidentlik saroyiga hujum uyushtirilgan paytda yaralangan prezident Solih yakshanba kuni davolanish uchun Saudiyaga jo‘nab ketgan edi.

Yamanni 30 yildan ortiq boshqarib kelgan Solihga qarshi so‘nggi oylarda aholi va qabilalar noroziligi kuchayib borayotgan edi.

Solih mamlakatni tark etganini nishonlash uchun Sanaa shahrining Tag‘iyr maydoniga minglab odam yig‘ildi.

Rasmiylarga ko‘ra, Solih mamlakatga qaytishni rejalamoqda.

Biroq tahlilchilar omma noroziligi bois u Yamanga qaytmasligi mumkinligini aytmoqda.

Prezident Solih yo‘qligida Yaman prezidenti vazifasini vaqtincha vitse-prezident Obid Rabbo Mansur Hadi bajarmoqda.
XS
SM
MD
LG