Линклар

logo-print
Yaman janubidagi Zinjibar shahrida eng kamida 26 hukumat askari islomiy jangarilar bilan to‘qnashuvda o‘ldi.

Mazkur jangda 17 nafar janggarining ham o‘ldirilgani aytilmoqda.

Yaman muxolifatiga ko‘ra, 300 hukumat askari islomiy guruhlar tarafiga o‘tgan. Rasmiylar bu borada biror izoh bergani yo‘q.

Bir necha oydan beri Yamanda hukumatga qarshi ommaviy chiqishlar kuzatilmoqda.

Mamlakat janubida esa Al-Qoida bilan bog‘liq ayirmachi guruhlar harakatga kelgani aytiladi.

Yaman prezidenti Ali Abdulloh Solih Saudiyadagi kasalxonada muolaja olmoqda.

Ali Abdulloh Solih iyun boshida prezident qarorgohi o‘qqa tutilganida yarador bo‘lib mamlakatni tark qilgan edi.
XS
SM
MD
LG