Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:26

Yamanda 38 kishi halok bo‘ldi


Yamanda seshanba kuni hukumatga qarshi guruhlar hamda prezident Ali Abdulloh Solihga sodiq harbiylar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan to‘qnashuvlar oqibatida 38 kishi halok bo‘ldi.

Nobud bo‘lganlarning 14 nafari askar, 24 kishi isyonchidir.

Associated Press agentligiga ko‘ra, prezident Sollih tomonlarni o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirgan.
Joriy hafta boshida Fors ko‘rfazi mamlakatlari kengashi o‘zining Yamandagi siyosiy bo‘hronni hal qilishga vositachilik qilish tashabbusidan voz kechdi.

Bunga Yaman prezidenti Ali Abdulloh Solih hokimiyatni topshirish to‘g‘risidagi hujjatni imzolashdan yana bosh tortgani sabab bo‘ldi.
Bu uning hujjatni imzolashdan uchinchi marta bosh tortishidir.

Fors ko‘rfazi mamlakatlari kengashi tomonidan ishlab chiqilgan rejaga binoan Ali Abdulloh Solih hokimiyatni topshirishi to‘g‘risidagi kelishuvni imzolaganidan so‘ng, shaxsiy xavfsizligi kafolatlanishi evaziga 30 kun ichida hokimiyatni topshirishi kerak.
XS
SM
MD
LG