Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 01:00

Yamanda norozilardan 10 kishi o‘ldirildi


Yamanda chorshanba kuni mamlakat prezidenti Ali Abdulloh Solihga qarshi norozilik namoyishi ishtirokchilarini tarqatish paytida 9 kishi o‘ldi¸ o‘nlab kishilar yarador bo‘ldi.

Mamlakat poytaxti Sanoda Vazirlar mahkamasi binosiga qarab yurish qilgan muxolifatchilarga qarshi o‘q otilganida eng kamida bir namoyishchi o‘lgani qayd qilindi.

Yana 5 kishi Yaman poytaxtidagi muxolifatchilarning chodir shaharchasiga qilingan gujum chog‘ida chorshanba oqshomida halok bo‘ldi.

3 nafar muxolifatchi esa Yamanning Toiz va Hudoydo shaharlaridagi to‘qnashuvlarda o‘ldi.

Yaman prezidenti Solih iste‘fosi talab qilingan namoyishlar shu yilning yanvar oyidan beri davom etmoqda.

Yaman prezidenti namoyishchilarni kuch bilan bostirish yo‘li bilan lavozimda qolmoqda.
XS
SM
MD
LG