Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 01:38

Yamanda o‘zbek shifokori hamon garovda qolmoqda


Yamanda o‘tgan oy boshlarida mahalliy qabila tarafidan o‘g‘irlab ketilgan tojikistonlik o‘zbek shifokori Hamidjon Olchiboyev qariyb qirq kundan beri garovda qolmoqda.

Olchiboyev Ozodlik bilan suhbatda Tojikiston hukumati va uni Yamanda ishga ëllagan Rossiyaning "Texnostroyeksport" shirkati jiddiy harakat qilmasa, o‘zining o‘ldirilishi muqarrarligini aytmoqda.

- Hozircha hech o‘zgarish yo‘q, agar talabimizni hukumat bajarsa qo‘yivoramiz deyishyapti. Hozircha biron natija yo‘q, o‘tiribmiz shu yerda,- dedi Olchiboyev.

Shabvadagi qabila vakillari 2009 yili dekabr oyida hukumat kuchlarining havo hujumlarida halok bo‘lganlarning yaqinlariga hukumatdan tovon puli undirish va aybdorlarni javobgarlikka tortishga erishish maqsadida shifokorni o‘g‘irlaganlar.

Bu hujum oqibatida tinch aholi vakillaridan 45 odamning halok bo‘lgani aytiladi. Yaman hukumati bir necha yildan buyon AQSh bilan hamkorlikda Yamandagi Al-Qoida guruhlariga qarshi amaliyotlarni o‘tkazib keladi.

Yamanda xorij fuqarolarining o‘g‘irlab ketilishi va ularning ozod etilishi evaziga turli talablarning qo‘yilishi tez-tez ro‘y berib turadi.
XS
SM
MD
LG