Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 02:36

Yamanning Taiz shahrida kamida 20 namoyishchi o‘ldirildi


Yamanning Taiz shahrida prezident Ali Abdulloh Solihga qarshi davom etayotgan namoyishlar chog‘ida hukumat qo‘shinlarining o‘qidan kamida 20 ta namoyishchi o‘lgani xabar qilinmoqda.

Yana 100 ga yaqin namoyishchi jarohatlangan.

Taizda ishlayotgan ayrim shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, qurbonlar soni ortishi mumkin.

Shifokorlar va huquq faollaridan yig‘ilgan xabarlarga ko‘ra, hukumat qo‘shinlari Taiz shahri hokimiyati binosi yoniga yig‘ilgan olomonga qarata o‘t ochgan.

Namoyishlarni kuzatayotgan xorij jurnalistlari Taizdagi tinch norozilik harakatini bu tariqa qonli bostirishga urinish Yamanda prezident iste‘fosi so‘ralayotgan namoyishlar davrining “burilish nuqtasi” bo‘lishi mumkinligini aytmoqdalar.
XS
SM
MD
LG