Линклар

Kecha tunda Suriya hukumat qo‘shinlari Turkiya chegarasi oldidagi qochqinlar lageriga tanklar bilan bostirib kirdi.

Lagerdagi 10 ming kishi Turkiyaga qochib o‘tgani va hozirda lagerda hech kim qolmagani aytilmoqda.

Guvohlarga ko‘ra, Suriya qo‘shinlari chegaraoldidagi Manag qishlog‘ida tinch aholini ham o‘qqa tutmoqda.

Suriya to‘rt oydirki, hukumatga qarshi namoyishlar iskanjasida qolgan va so‘nggi ma‘lumotlarga ko‘ra, 1 ming 400 dan ortiq suriyalik namoyishchi hukumat qo‘shinlari tomonidan o‘ldirilgan, 10 mingdan ortiq odam hibsga olingan.
XS
SM
MD
LG