Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 06:13

Yaponiya yarim finalda


Yaponiya terma jamoasi o'yinchilari 89 daqiqada urilgan hal qiluvchi go'lni nishonlashmoqda.
Yaponiya terma jamoasi o'yinchilari 89 daqiqada urilgan hal qiluvchi go'lni nishonlashmoqda.
Qatarda o'tayotgan Osiyo Kubogining birinchi chorak final o'yini o'z nihoyasiga yetdi. Doha shahridagi Al G'arafa stadionida bo'lib o'tgan o'yinda Yaponiya terma jamoasi mezbonlar terma jamoasi ustidan 3:2 hisobi bilan g'olib bo'ldi.

O'yin juda shiddatli boshlandi. O'yinning birinchi yarmining 12 daqiqasidayoq qatarlik hujumchi Sebastian Suria raqib darvozasini ishg'ol qilib mezbonlarni oldinga olib chiqdi.

28 daqiqada esa Yaponiya terma jamoasi hujumchisi Shinji Kagava hisobni tenglashtirdi - 1:1.

O'yinning ikkinchi yarmida esa Yaponiya o'z himoyachisidan ayrildi - 61 daqiqada Maya Yoshidaga qatarlik Yusuf Ahmadga nisbatan qilgan qo'polligi uchun qizil qartochka ko'rsatilib, maydondan chetlatildi.

Raqibning ozchiligidan foydalangan Qatar terma jamoasi ikki daqiqadan so'ng hisobno 2:1 ga yetkazdi. Qatarlik hujumchi Fabio Sezar yaponiyalik darvozabon Eyji Kavashimano do'gda qoldirib, u qo'riqlagan darvozani ishg'ol etdi.

Ozchilik bo'lishiga qaramasdan Yaponiya terma jamoasi mezbonlarga maydonda kim xo'jayin ekanligini tezda ko'rsatib qo'yishdi. 70 daqiqada yaponiyalik hujumchi Shinji Kagava dubl ijro etishga erishdi. Hisob 2:2.

O'yinning asosiy vaqtini tugashiga bir daqiqa qolganda esa yaponiyalik himoyachi Masaxiko Inoxa dubl muallifi Shinji Kagava tarafidan berilgan to'pni to'g'ri qatarliklar darvozasiga yo'lladi. O'yin 3:2 hisobi bilan Yaponiya foydasiga tugadi.

Yaponiya yarim finalda 22 yanvarga belgilangan Eron va Janubiy Koreya terma jamoalari o'rtasida o'tadigan o'yinning g'olibi bilan uchrashadi.
XS
SM
MD
LG