Линклар

Yaponiyadagi tabiiy ofat oqibatlari "twitter"chilar tarafidan keng yoritilmoqda


So'ngi ma'lumotlarga ko'ra, Yaponiyadagi tabiiy ofat qurbonlari soni 6 500 ga yetdi.

So'ngi ma'lumotlarga ko'ra, Yaponiyadagi tabiiy ofat qurbonlari soni 6 500 ga yetdi.

11 mart ertalab Yaponiyaning shimolida yuz bergan 8,9 magnitudalik zilzila va uning oqibatida yuzaga kelgan halokatli sunami mignlagan insonlarning umriga zomin bo'ldi.

Dunyoda yuz berayotgan bu kabi hodisalar albatta Internetdagi faol jamoatchilikning javobisiz qolmaydi, albatta. Google shirkati Yaponiyada yuz bergan zilzila haqida ma'lumot olish va tabbiiy ofat tufayli bedarak yo'qolganlarni izlash uchun mo'ljallangan veb-sahifasi ochdi.

Yaponiyadagi halokatli zilzila bergan zilzila insoniyat tarixida yuz bergan zilzilalar ro'yxatida kuchliligi bo'yicha yettinchi o'rindadir.
Twitter esa zilzila va sunami haqida yozilgan "tvit"larga (mikro-xabar) to'lib ketdi. Yaponiyadagi "twitter"chilar tabiiy ofatdan jabr ko'rgan joylardan turib vaziyat haqida "xom" xabar berishni boshlashdi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti olib borayotgan ishlar to'g'risida ma'lumot beruvchi UN Dispatch veb-sayti Yaponiyadagi tabiiy ofatdan so'ngi vaziyat haqida xabar berayotgan eng faol "twitter"chilarning ro'yxatini tuzdi. "Yosh to'lqin" tahririyati barcha "twitter"chilarga ushbu ro'yxatda ko'rsatilgan xabarchilarni kuzatib (follow) borishni tavsiya etadi.

@TomokoHosaka: Associated Press axborot agentligining Yaponiyadagi jurnalisti. Tabiiy ofat va uning oqibatlari haqida timimsiz xabar berib turadi.

@W7VOA: Stiv Xerman (Steve Herman) - Shimoliy Koreya bo'yicha Amerika Ovozi byurosining rahbari. Tabiiy ofat oqibatlari haqida, ayniqsa uning Janubiy Koreyaga bo'lgan ta'siri haqida xabarlar yozadi.

@jdierkes: Julian Dierkes - Yaponiya va Mongoliya bo'yicha tadqiqotchi sotsiolog. Julian asosan Yaponiya matbuotida tabiiy ofat mavzusida chiqayotgan ma'lumot haqida "twit"lar yozadi.

@hiroko_nakamura: ingliz va yapon tilida yozadi. Hiroko Nakamura tabiiy ofatdan jabr ko'rgan joylardan kelayotgan ma'lumotni o'z Twitter sahifasida chop etadi.

@martyn_williams: Martin Villiams - IDF News axborot agentligida texnologiyalar bo'yicha jurnalist. Tabiiy ofat va uning oqibatlari haqida tinimsiz xabarlar yozadi.

@TokyoReporter: anonim jurnalist va suratchi. O'z Twitter sahifasida zilzila va sunamidan jabr ko'rgan joylardan turib "xom", lekin aniq xabarlar yozadi.

Yuqorida ko'rsatilgan "twitter"chilar Yaponiyada yuz bergan tabiiy ofat va uning oqibatlari haqida xabar berayotganlarning kichkina bir qismi holos. Twitter saytida bu mavzu bo'yicha yozilayotgan xabarlarni barchasini #JPQuake heshtegi (hashtag) orqali kuzatib borishingiz mumkin.
XS
SM
MD
LG