Muxolifat faoli, O‘zbekiston Birlik xalq harakati partiyasi markaziy kengashi a’zosi Akbarali Orif mamlakatdagi narx oshishiga munosabat bildirar ekan¸ “bu oshishlar iqtisod tuzalayotganidan” dalolat dedi.
Suhbatdosh, shuningdek, mamlakatning qora valyuta bozorida 1 AQSh dollari 7000 so‘mlik dovondan oshib o‘tganiga ham munosabat bildirdi.
Akbarali Orifga ko‘ra¸ konvertatsiya masalasi hal bo‘lmagunga qadar mamlakat iqtisodi “Karimov davridagi kabi depsinib” turaveradi.