Линклар

Yaponiyaning zilziladan zarar ko‘rgan hududlarida qutqarish ishlari davom etayapti.

So‘nggi ma‘lumotlarga ko‘ra, Yaponiyada zilzila va sunami natijasida nobud bo‘lganlar va bedarak ketganlar soni 11 mingdan oshgan. Yarim million aholi boshpanalaridan ajraldi. Ayni paytda mamlakatda yoqilg‘i va oziq-ovqat mahsulotlari taqchilligi kuzatilayapti.

Bugun Yaponiya imperatori Akixito televideniye orqali xalqqa murojaat qilib, halok bo‘lganlar oilalariga hamdardlik bildirdi.

Imperator "Fukusima-Dayichi" atom elektr stansiyasida vaziyatni juda qaltis deya baholadi.

Chorshanba kuni stansiyaning to‘rtinchi reaktorida yana yong‘in sodir bo‘ldi va uchinchi reaktor tepasida bug‘ natijasida oq bulutlar paydo bo‘lgan.

Yaponiya rasmiylari stansiya reaktorlarini sovutishda ko‘mak so‘rab, Amerika harbiylariga murojaat qilishlari mumkinligini aytdi.
XS
SM
MD
LG