Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 22:42

Yaponiyadagi AES uchinchi marta portladi


Yaponiyaning yadroviy xavfsizlik agentligi "Fukushima-Dayichi" atom elektr stansiyasida uchinchi portlash yuz berganini xabar qildi.

Portlash bugun ertalab stansiyaning ikkinchi reaktorida yuz berdi. Tafsilotlar xabar qilinmadi.

Bu stansiyada so‘nggi to‘rt kun ichida uchinchi portlashdir. Birinchi va uchinchi energobloklarda yuz bergan portlashlardan stansiyaning 11 xodimi jarohatlangan, uchinchi energoblokning tashqi devoriga sezilarli zarar yetgan edi.

Uchinchi portlash oldidan – dushanba kuni Yaponiya kuchli zilzila va to‘fon oqibatida Atom elektr stansiyalarida yuz bergan avariyalar oqibatlarini bartaraf etishga ko‘mak ko‘rsatishini so‘rab Atom energiyasi xalqaro agentligiga murojaat qilgan edi.

Bu haqda xabar qilgan AEXA rahbari Yukiya Amanoga ko‘ra, Tokioning rasmiy so‘roviga binoan agentlik ekspertlaridan iborat guruhni Yaponiyaga jo‘natish masalasi o‘rganilmoqda.

Yaponiya ma‘murlari "Fukushima-Dayichi" atom elektr stansiyasi reaktorlarining ishdan chiqqan sovitish tizimini sozlashga urinishlarini davom ettirmoqda.
XS
SM
MD
LG