Линклар

Yevropa Ittifoqi chorshanba kuni BMT kotibi Ban Ki Munning yana bir muddat lavozimda qolishini ma‘qulladi.

Yevropa Ittifoqining tashqi siësat bo‘yicha mas‘uli Ketrin Eshton taqdim qilgan maxsus baënotida Ban Ki Munning yana besh yil BMTga kotib bo‘lish istiqboli olqishlandi.

Bundan oldin Ban Ki Mun nomzodini AQSh¸ Britaniya¸ Xitoy va Fransiya qo‘llab-quvvatlagan edi.

BMT Xavfsizlik kengashi doimiy a‘zolaridan faqat Rossiya Ban Ki Mun nomzodi borasida hali o‘z nuqtai nazarini bildirmadi.
XS
SM
MD
LG