Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:43

YeI Rossiyani sabzavot importiga taqiqni olib tashlashga chaqirdi


Yevropa Komissiyasi Rossiyani sabzovot mahsulotlari importiga joriy etgan taqiqlarni olib tashlashga chaqirdi.

Germaniyada Ye-coli bakteriyasining bodring orqali tarqalishi sabab Rossiya YeI davlatlardan sabzavot sotib olishni taqiqlagan va mamlakatdagi barcha bozor va do‘konlardan Yevropada yetishtirilgan barcha turdagi ko‘katlar yig‘ishtirib olinishini bildirgan edi.

Yevropa Ittifoqi rasmiylari Moskva hukumatining bu qadamini "oshig‘ich chora", deb ta‘riflamoqda.

Yevropa Ittifoqida yetishtirilgan meva va sabzavotlarning choragidan ko‘prog‘i Rossiyaga eksport qilinadi va bu mahsulotlar qiymati yiliga uch-to‘rt milliard dollarni tashkil etadi.

Rossiyaga asosan Germaniya, Ispaniya, Fransiya va Polsha sabzavot eksport qiladi. E-coli bakteriyasining bodiringdan tarqalishi oqibatida oxirgi ikki hafta ichida Germaniyada 17 odam halok bo‘ldi, yuzlab odam shifoxonalarga yotqizildi.
XS
SM
MD
LG