Линклар

logo-print
Yevropa Ittifoqi Suriyada tinch namoyishlar qonli bostirilayotganiga javoban bu mamlakatga nisbatan joriy qilingan sanksiyalarni kuchaytirdi.

Diplomatlarga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi Tashqi ishlar vazirlarining Bryusseldagi uchrashuvida Suriyaning qator rasmiylari, jumladan, prezident Bashar al-Assadga nisbatan viza cheklovi joriy etilgan va hisob raqamlari muzlatilgan.

Yevropa tashqi ishlar vazirlari Tehronning yadroviy dasturi borasidagi muzokaralarda siljishlarga erishilmagani bois Eronga qarshi joriy qilingan sanksiyalarni kuchaytirishga ham kelishib oldilar.

YeI TIVning ikki kunlik yig‘ilishda Liviya rahbari Muammar Qaddafiy kuchlari va isyonchilar o‘rtasida davom etayotgan qurolli mojaro, Tunisdagi demokratiya tarafdorlariga yordam berish va Misrdagi vaziyat bilan bog‘liq masalalar muhokama etilishi rejalangan.
XS
SM
MD
LG