Линклар

Yevropa Ittifoqi Tog‘li Qorabog‘ muammosining tinch yo‘llar bilan hal qilinishi tarafdori, lekin ayni paytda bu hududning shu kundagi maqomi saqlanishi masala yechimi emas.

Bu haqda Yevropa Komissiyasi rahbari Joze Manuel Barrozo Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan Bryusselda o‘tkazgan so‘zlashuvlaridan so‘ng bayonot berdi.

So‘zlashuvlarda Boku bilan Bryussel o‘rtasida energetika sohasida hamkorlik masalalari ham muhokama qilindi. Ozarbayjon prezidenti joriy yil oxirigacha Ozarbayjondan Yevropa Ittifoqiga gaz yetkazib berish yuzasidan shartnoma imzolanajagiga umid bildirdi.

24 iyun kuni Qozon shahrida Ozarbayjon, Armaniston va Rossiya prezidentlarining Tog‘li Qorabog‘ muammosini bartaraf etish yuzasidan olib borilayotgan so‘zlashuvlarning navbatdagi raundi o‘tkaziladi.
XS
SM
MD
LG