Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:54

Yirik mag'lubiyat: O'zbekiston - Yangi Zenlandiya 1:4


Meksikaning Torreon shahrida o'tayotgan futbol bo'yicha o'smirlar o'rtasidagi Jahon chempionati milliy terma jamoamiz uchun omadsiz boshlandi. "D" guruhining ochilish o'yinida o'smirlarimiz Yangi Zenlandiya jamoasiga yirik 4:1 hisobida mag'lub bo'lishdi.

O'yin yomon boshlangani yo'q. Birinchi havfli hujum ham o'zbekistonlik futbolchilar tarafidan uyushtirildi. O'yin davomida ham o'zbekistonlik o'smirlar bir qator shiddatli hujumlar uyushtirishdi. Biroq himoyada qo'yilgan ketma-ket hatolar va albatta raqibning katta tajribasi O'zbekiston terma jamoasi uchun qimmatga tushdi.



- Biz oyin davomida yaxshi o'yin ko'rsata olmadik. Ochig'ini aytsam, biz hech qachon qadar yomon o'yin ko'rsatmaganmiz. Bizning himoyada bir qator katta hatoliklar qilindi. Havo juda ham issiq bo'lgan bo'lsa-da, bu mag'lubiyatimizning asosiy sababchisi emas. O'yinchilarimizda hayajon sezilib turdi. O'ylaymanki keyingi o'yinlarda o'zimizni ko'rsata olamiz, - deydi O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Aleksey Yevstafeyevning o'yindan so'ng FIFA saytiga bergan intervyusida.

Eslatamiz, Yangi Zenlandiyaga qarshi o'tgan o'yin "D" guruhining ochilish o'yini edi. O'smirlarimizning keyingi o'yini 22 iyun kuni AQSh terma jamoasi qarshi o'tadi. O'ylaymizki keyingi o'yinlar jamoamiz uchun omadli keladi.

O'zbekiston - Yangi Zenlandiya 1:4 (1:2)

Gollar: Temur Hakimov '39 - Stefan Karmichel '10, '35, '54; Jordan Vyeyl 88

O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi:
G‘anisher Xolmurodov, Mirzamurod Jo‘raboyev, Ravshanjon Haydarov, Asiljon Mansurov, Azizbek Murodov, Sardor Sobirxo‘jayev (Muhsinjon Ubaydullayev '80), Xolmurod Xolmurodov, (Davlatbek Yorbekov '58), Temur Hakimov (Nodirxon Kamolov '80), Bobur Davlatov, Javlon Mirabdullayev, Zabihillo O‘rinboyev

Yangi Zelandiya terma jamoasi tarkibi:
Skott Basalay, Xarshe Raniga, Stefan Karmichel, Ris Lambert, Lyuk Adams, Jordan Vyeyl, Ris Jordan, Tim Peyn, Kameron Xovison, Jessi Edge, Bill Tuiloma, (Kip Kolev '78)

Ogohlantirishlar:
Jordan Vyeyl '48, G‘anisher Xolmurodov '86

Bosh hakam
Helder Martins
XS
SM
MD
LG