Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:12

Hafta videosi: Jonni Makenti va Amerika futboli


Shubhasiz YouTube video xizmati ko'pchilikka tanish. Biroq YouTubening hafta trendi rukni esa ko'pchilikka notanish bo'lsa kerak. Tushuntirib o'tamiz, YouTube sayti tahririyati har haftaning trend videolari, ya'ni eng mashhur videolarini hafta trendi rukni ostida bir joyga jamlab, o'z tamoshabinlariga taqdim etishadi. "Yosh to'lqin" tahririyati ham har haftaning yakunida YouTube saytidagi yangi qo'yilgan qiziqarli va eng ko'p tamosha qilingan videolarni o'z mushtariylarimizga, ya'ni sizga taqdim etamiz.

YouTube saytidagi o'tgan haftaning trend videolarni bir necha guruhga bo'lish mumkin.

Birinchi guruhda AQShning mashhur Super Kubogi (Amerika futboli bo'yicha) va Viskonzin shtatining Grin Bey (Green Bay) klubining Kubokdagi g'alabasiga oid videolar joy olgan.

Ikkinchi guruhda Misrda yuz bergan siyosiy o'zgarishlarga oid videolar to'plami jamlangan.

Uchinchi guruhda haftaning eng mashhur videosi - AQShdagi Konnektikut Universitetining kuaterbek futbolchisi (Amerika futboli) Jonni Makenti ijro etgan "fint"lar suratga tushirilgan video joy olgan. Shu videoni jaftaning eng mashhur videosi sifatida sizning e'tiboringizga havola etamiz. YouTube saytiga o'tgan hafta yuklangan ushbu video shu kungacha 4 570 615 marotaba tamosha qilingan.



Jonni Makenti (Johnny McEntee) 1990 yilda 9 sentabrda tavallub topgan. U Konnektikut Universitetinida Sotsiologiya bo'limida tahsil oladi va universitetning amerikancha futbol jamoasida kuaterbek bo'lib o'ynaydi.

XS
SM
MD
LG