Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:36

Yuliya Timoshenko ishi yuzasidan sud bo‘ladi


Ukraina sobiq Bosh vaziri Yuliya Timoshenko.
Ukraina sobiq Bosh vaziri Yuliya Timoshenko.
Ukrainadagi sud hakami xizmat vakolatlarini suisite‘mol qilganlikda ayblanayotgan sobiq Bosh vazir Yuliya Timoshenko ustidan 29 iyun kuni mahkama jarayoni boshlanishi haqida qaror qabul qildi.

Hakam Rodion Kiriyev sobiq Bosh vazirga qo‘yilayotgan ayblovlar siyosiy asosga ega ekani va u prezident Viktor Yanukovich tomonidan uyushtirilayotgani haqidagi Timoshenko va advokatining e‘tirozlarini rad qildi.

Undan avval sud zalida so‘zlagan 50 yoshli Timoshenko mahkamadan maqsad “Ukrainada amalda faoliyat yuritayotgan muxolifatni yo‘q qilish ekani”ni aytgan edi.

Prokurorlar Timoshenkoni o‘z hukumatidan bemaslahat Naftogaz shirkati rahbarini Rossiyaning Gazprom shirkati bilan shartnoma imzolashga majbur qilganlikda ayblamoqda. Timoshenko esa buni rad qilmoqda.

Agar Yuliya Timoshenkoning aybi isbotlansa, u yetti yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
XS
SM
MD
LG