Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 17:15

Yuliya Timoshenko Twitterda


Yulia Timoshenko and Twitter icon
Yulia Timoshenko and Twitter icon
Ukraina muholifatining Janna D'arki bo'lmish Yiliya Timoshenko Twitterchilar safiga qo'shildi. U 15 fevral kuni shaxsiy Twitter sahifasini ochdi.

Timoshenko xonimning Twitterdagi birinchi xabari quyidagiday bo'ldi:

"Bugun menga tashqariga chiqmaslik haqida tilxatnoma berildi. TVga ham chiqa olmayman. Qani 140 belgini tortib olishga harakat qilib ko'rishsinchi!"

"Batkivshina" muhilifat partiyasining yetakchisi Yuliya Timoshenko Twitter sahifasidagi keyingi xabarlarda uning prokuraturada so'roq qilinishi va Ukrainaning muholifati faoliyati haqida yozadi.

Twitter mikroblog xizmati mashhur bo'lgani sayin bir qator siyosatchilar Twitterda o'z sahifalarini ocha boshlashdi. Biroq aksar hollarda Twitterdagi xabarlarni yozishga ularning o'zlari emas, balki matbuot kotiblari kotiblari mas'ul. Lekin Timoshenko maslaxatchisi Vitaliy Chepinoganing aytishicha, Yuliya Timoshenko Twitter sahifasidagi xabarlarni o'zi yozadi.

Bilmasvoylarga:

Twitter - mikroblog xizmati. Undagi har bir xabar SMSga o'xshab faqat 140 belgiga ega bo'ladi. Shuning uchun mobil telefon orqali Twitter bilan foydalanish juda ham qulay. Bugungi kunga kelib Twitterda 200 milliondan ziyod foydalanuvchilar bor.
XS
SM
MD
LG