Линклар

Bugun Toshkent vaqti bilan 02:18da "Yuriy Gagarin" nomli boshqarib uchadigan fazo kemasi Qozog'istonning Boyqonur kosmodromidan fazoga uchirildi. "Gagarin"ning Xalqaro fazo stansiyasi bilan tutashuvi 7 aprelga belgilangan.

Asl nomi "Soyuz TMA-21" bo'lgan ushbu fazo kemasining parvozi 170 kun bo'lishi kutilmoqda. Uch kishidan (2 kosmonavt va 1 astronavt) iborat "Gagarin" jamoasi parvoz davomida 44 tajriba o'tlazadi va 2 AQSh shattli va 3 Rossiya yuk kemalarini qabul qiladi, deya xabar beradi Lenta.ru axoborot agentligi.

Ayni damda Xalqaro fazo stansiyasida 4 oydan beri rossiyalik kosmonavt Dmitriy Kondratyev, italiyalik Paolo Nespoli va AQShlik astronavt Ketrin Kolmanlar ishlab kelmoqda.

"Soyuz TMA-21" fazo kemasiga fazoga birinchi bo'lib uchgan inson Yuriy Gagarinning nomi berilgan. 12 aprel kuni tarixdagi birinchi boshqarib uchadigan fazo kemasining parvoziga 50 yil to'ladi.
XS
SM
MD
LG