Линклар

logo-print
Bu haqda “Ezgulik” jamiyati Ozodlikka ma‘lum qildi. Shoirning oilasi ikki yilda beri AQShda yashab kelayotgani edi.

“Ezgulik” jamiyati 20 may kuni tarqatgan ma‘lumotga ko‘ra, dissident shoir Yusuf Juma 18 may kuni qamoqdan ozod bo‘lgan va tez orada AQShdagi oilasi yoniga uchib ketgan.

“Ezgulik faoli” Abdurahmon Tashanovning Ozodlikka aytishicha, Yusuf Jumaga nisbatan amnistiya qo‘llanilgan.

- O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi tizimidagi Jasliqdagi lagerda saqlanayotgan Yusuf Jumaning Toshturmaga olib kelingani haqida bizda avvaldan ma‘lumotlar bor edi. Uning ozod qilinishi haqida ham to‘rt-besh kun ilgari bir gaplar paydo bo‘lgan edi.

Ozodlik: Unda nimaga buni oshkor qilmadingizlar?

- Biz juda ko‘p marta siyosiy mahbuslarning, huquq himoyachilarining ozod qilinishi bilan bog‘liq jarayonlardagi tajribamizdan kelib chiqib shunga qaror qilganmiz. Chunki ommaviy axborot vositalarida sodir bo‘ladigan axborot bahsi, boshqalar bu ishlarga ta‘sir qilishi mumkin degan ehtimolda. Undan tashqari uning Amerikaga olib ketish rejasi bor edi oila a‘zolarida. O‘sha viza bilan bog‘liq, keyin boshqa jarayonlarga ta‘sir qilmasin degan mazmunda biz bu axborotni chop etishdan ehtiyot bo‘lib turdik. Mana qamoqdan chiqqandan keyin birdan vizalar olinib hozir mana Amerikaga uchib ketdilar.

Ozodlik: Yusuf Juma Ozodlikka qachon chiqdi?

- Bizdagi ma‘lumotlarga ko‘ra, 18 may kuni chiqqan. 19 may kuni u kishi AQShga uchib ketdi.

Ozodlik: Vizani bir kunda olish imkoni yo‘qku.

- Nimaga endi? U elchixonaning o‘zida imkonlar hammasi. Viza beravyeradi elchixona. Xohlasa bir kunda berib qo‘yavyeradi.

Ozodlik: Yusuf Juma ozodlikka chiqishidan avval uning Amerikaga ketishi ma‘lum bo‘lganmi?

- Albatta. Mana hozir siyosiy mahbuslarni ozod qilish seriyasi bor. Buning birinchisi o‘tgan yil 7 noyabrda Sanjar Umarov voqeasi bo‘lgan edi. Sanjar Umarov ham xuddi shunaqa holat bilan chiqqan. AQSh ma‘muriyati, Oq uy mulozimlari, undan tashqari demokratik hamjamiyat namoyondalarining muloqotlaridan so‘ng Sanjar Umarov ozodlikka chiqarilgan. Yusuf Juma voqeasi ham xuddi mana shunaqa holatda bo‘ldi. Bu narsalar avvaldan kelishiladi, avvaldan ma‘lum bo‘ladi.

Ozodlik: Yusuf Juma besh yilga qamalgan edi. Shu kungacha 3 yil o‘tirdi. U amnistiya asosida chiqarildimi?

- Hozir bizdagi ma‘lumotlarga ko‘ra Yusuf Juma amnistiya akti qo‘llanilib ozodlikka chiqarilgani ma‘lum. Unga nisbatan shartli muddat berilgani ehtimoldan yiroq. Chunki shartli muddat berilsa, O‘zbekiston hududidan chiqib ketmasligi kerak huquqiy aktlarga ko‘ra. Shumning uchun amnistiya akti qo‘llanilib jazodan ozod qilingan,- dedi Abdurahmon Tashanov.

Yusuf Juma 2008 yilning aprel oyida o‘zi va o‘g‘li Boburga nisbatan soxtalashtirilgan tan jarohati yetkazish va hokimiyat vakiliga bo‘ysunmaslik ayblari bilan mahkama jarayoniga tortilib, besh yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan edi. Yusuf Juma qamoqda uch yil o‘tirdi.

U 2007 yilda Islom Karimovning navbatdagi prezidentlik muddatiga saylanishini "aksil-konstitutsiyaviy", deya atab oilasi bilan norozilik aksiyalarini uyushtirganidan keyin rasmiylar ta‘qibiga uchragan va 2008 yilda besh yilga qamoqqa mahkum qilingan edi.

Qator xalqaro tashkilotlar va xorij hukumatlari muxolifatchi shoirni ozod etilishini talab qilib kelgan edi.

Xususan, AQSh va Yevropa Ittifoqi O‘zbekiston hukumatini Yusuf Juma va boshqa siyosiy mahbuslarni ozod etishga chaqirib keladi.

Bunday chaqiruvlar Human Rights Watch, Amnesty International, Freedom House kabi xalqaro tashkilotlar hamda mahalliy huquq guruhlari tomonidan ham bildirib kelinadi.
XS
SM
MD
LG