Линклар

RuNetning "top" saytlaridan biri bo'lmish "Zenit" futbol klubining internet sahifasi anonim xakerlar hujumi qurboni bo'ldi.

O'zlarini "Chelovek iz Leningrada" (Leningradlik odam) deya tanishtirgan xakerlar, 6 aprel kuni Sankt Peterburg futbol klubining internet sahifasini shahar hukumati rahbarlarini haqorat qiluvchi sahifaga almashtirishgan. 7 aprel kuni sayt yana ishlashni boshladi.

Xakerlar tarafidan buzilgandan so'ng "Zenit" veb-saytining ko'rinishi bunday edi.
"Leningradlik odam" almashtirilgan veb-sahifada Piter gubernatori Valentina Matviyenko va shahar Qonunchilik yig'inining spikeri Vadim Tyulpanovlarning suratlarini joylashtirib, ularning shaxsiyatini qoralovchi so'zlarni yozib qoldirgan. Xaker ushbu amaldorlarni korrupsiyada va buzg'unchilikda ayblab, shaharliklarni shu yili o'tadigan shahar qonunchilik yi'giniga bo'ladigan saylovlarda ovoz bermaslikga va saylov byulletenlarini o'zlari bilan olib chiqib ketishga chaqirgan.

"Zenit"ning matbuot-xizmati bayonotida aytilishicha, xakerlar klub veb-saytini va uning kontentini buzishmagan. Xakerlar klubning veb-saytiga xosting, ya'ni domen nomini beruvchi provayderning ma'lumot bazasini buzishib, klub internet sahifasining domen nomini boshqa sahifaga yo'naltirib qo'yishgan. "Zenit" veb-saytiga kirmoqchi bo'lgan odam, klub internet sahifasiga emas, balki xakerlar tuzgan sahifaga yonaltirilgan.

Rossiya premyer-ligasidagi yetakchi klublarning fanatlari agressiyaga va buzg'unchilikga moyilligi bilan ajralib turadi. O'tgan yili Moskva shahrida "kelgindilar"ga qarshi tashkil etilgan namoyishlar va ularning natijasidagi qonli voqealar aynan futbol fanatlari tarafigan uyushtirilgan namoyishlardan so'ng boshlangan edi. Shu bois ham mutahassislar xakerlarning bu "qilig'ini" saylovlar arafasidagi ig'vogarlik harakati deya baholashmoqda.
XS
SM
MD
LG