Линклар

logo-print

Zilzila qurbonlari 13 kishi, yaradorlar 100ga yaqin


2011 yil 20 iyul kuni kechasi soat 0:35 da zilzilada Rishton tuman bolalar kardiologiya shifoxonasi binosiga jiddiy zarar yetdi.

2011 yil 20 iyul kuni kechasi soat 0:35 da zilzilada Rishton tuman bolalar kardiologiya shifoxonasi binosiga jiddiy zarar yetdi.

Farg‘onada chorshanbaga o‘tar kechasi, soat 0:35 da ro‘y bergan zilzilada kamida 13 kishi halok bo‘lganini O‘zbekiston rasmiylari tasdiqladi.

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi chorashnbaga o‘tar kechasi ro‘y bergan zilzilada 13 kishi halok bo‘lganini ma‘lum qildi.

O‘zA agentligining vazirlikka tayanib bergan xabariga ko‘ra, kechasi mahalliy soat 0:35 da ro‘y bergan yer silkinishi oqibatida Farg‘ona viloyatining Rishton, Bag‘dod va O‘zbekiston tumanlarida ayrim eski uy-joylarga shikast yetgan. Buning oqibatida 86 nafar fuqaro jarohatlangan, ulardan 35 nafari shifoxonaga yotqizilgan.

O‘zbekiston mustaqil huquq himoyachilari tashabbus guruhining Farg‘ona viloyati bo‘limi faoli Bahodir Elboyev tuman markaziy shifoxonasidan olingan ma‘lumotga tayanib, birgina Rishton tumanida zilzila qurbonlari soni kamida 5 kishi ekanini ma‘lum qildi. Uning aytishicha, shifoxonaga 47 nafar jarohatlanganlar olib kelingan:

- Rishton tumanining To‘da, Qipchoq, Zohidon, Amirobod qishloqlarida vayrongarchiliklar ko‘proq sodir bo‘lgan. Rishton markazida esa darz ketmagan uy qolmagan. Eng yangi uylarni ham shuvoqlari ko‘chib, g‘ishtlari ham tushib ketgan joylari bor,- dedi Bahodir Elboyev.

Bahodir Elboyev olgan ma‘lumotlarga ko‘ra, bir yosh bola kasalxonaning o‘zida, boshiga g‘isht tushishi oqibatida halok bo‘lgan, yarador bo‘lganlarning soni esa ortib bormoqda:

- Zilzila paytida kasalxonadan hamma tashqariga qochgan, bitta kasal bola ham ko‘p qatori qochayotgan paytida boshiga g‘isht tushib yiqilib qolgan, to‘polonda uch qavatdan qochayotgan odamlar qorong‘uda uni bosib, tepkilab o‘tib ketgan. O‘sha bola o‘sha yerda halok bo‘lgan,- dedi Bahodir Elboyev.

Rishton tumanida zilzila oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha maxsus shtab tuzildi. Bu shtabning o‘zini tanishtirmagan mulozimlaridan biri, Ozodlik bilan suhbatda, Favqulodda vaziyatlar vazirligining xodimlari, harbiylar va hokimiyat vakillari bialn birgalikda joylarga safarbar etilganligini aytar ekan, qurbon bo‘lganlar haqida hech qanday ma‘lumotga ega emasligini ta‘kidladi.

Farg‘ona viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasining navbatchisi ham Ozodlik bilan suhbatda qurbonlar haqidagi ma‘lumotni inkor qildi, lekin turar joy va boshqa binolarga zarar yetganini ma‘lum qildi.

Ayni paytda Farg‘ona viloyati sud-tibbiy ekspertiza xizmatidagi manba, kechasi Farg‘ona tumani va viloyatning boshqa tog‘li mintaqalaridan bir necha kishining jasadi o‘likxonaga olib kelinganini ma‘lum qildi. Talafotlar haqidagi xabarni Farg‘onadagi mahalla qo‘mitasi faollaridan biri ham tasdiqladi.

Farg‘ona shahri ahli zilziladan keyin sarosimaga tushib, tunni ko‘chada o‘tkazgani ham aytilmoqda. Farg‘onalikliklardan birining aytishicha, kuchli zilzila kamida 10-12 sekund davom etib turgan.

Toshkentlik Abduqahhor Musayevning aytishicha, zilzila kuchli bo‘lgan, yuqori qavatlardagi odamlar yugurib ko‘chaga chiqqan, ba‘zilar tongni ko‘chada ottirgan. Biroq shaharda buzilishlar bo‘lmagan.

Zilzila o‘chog‘i va qo‘shnilar

"Toshkent" seysmologiya stansiyasi ma‘lumotiga ko‘ra, mahalliy vaqt bilan soat 0:35 da ro‘y bergan zilzila o‘chog‘i qo‘shni Qirg‘izistonda bo‘lgan va uning kuchi 7 ballni tashkil etgan. O‘zbekiston poytaxtida "zilzila kuchi 5 ballni tashkil etdi", deya ma‘lum qildi seysmolog. Zilzila kuchi boshqa viloyatlargacha ham yetib borgan.

Zilzila uch qo‘shni davlat chegaralari yaqinida sodir bo‘lgani uchun, Tojikiston va Qirg‘izistonda ham kuchli yer silkinishi kuzatildi.

Ozodlik radiosining tojik xizmati xabariga ko‘ra, Xo‘jand shahrida istiqomat qiladigan 43 yashar Abdullo Ashrapov yer qimirlayotgan paytda sarosimaga tushib, ikkinchi qavatdan o‘zini tashlagan va boshi bilan betonga tushib halok bo‘lgan.

Qirg‘iziston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, Botkent viloyatining bir qancha qishloqlaridagi aholi uylariga shikast yetgan, biroq qurbonlar haqida ma‘lumot yo‘q.

Farg‘ona shahrida ham bir kishi vahimadan o‘zini beshinchi qavatdan tashlab yuborgani va og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgani aytiladi.

AQSh Geologiya xizmatining bildirishicha, vodiyda kechasi yuz bergan zilzila epitsentri Farg‘ona shahridan 40 kilometrcha janub-g‘arbda joylashgan va 6,2 ballik silkinishni epitsentrdan ancha uzoqdagi shahar va rayonlar aholisi ham his qilgan.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG