Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 14:08

Parij sudi Lola Karimovani "diktatorning qizi", deb tan oldi


1 iyul kuni Parij Oliy sudi O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning kenja qizi Lola Karimova-Tillayevaning Rue89 nashri ustidan bergan shikoyat arizasini qondirmadi.

Prezidentning qizi va O‘zbekistonning YuNESKOdagi vakili fransuz Internet nashrini Karimovni "diktator", o‘zini esa "diktatorning qizi", deb atagani uchun sudga bergan va ma‘naviy zarar uchun 30 ming yevro miqdorida tovon tovon puli talab qilgan edi. Lola Karimova-Tillayevaning arizasi 19 may kuni Parij Oliy sudida ko‘rib chiqila boshladi va ikki kunlik eshituvlardan keyin 1 iyulda hukm o‘qilishi aytilgan edi.

O‘z maqolalarida Karimovni "diktator", Lola Karimovani "diktatorning qizi" deb atagan fransuz jurnalisti Ogusten Skalbert Ozodlik radiosiga Parij Oliy sudida Lola Karimova-Tillayeva "ustidan g‘alaba qilganini" ma‘lum qildi.

- Biz yutib chiqdik. Lola Karimovaning tuxmat haqidagi da‘volari Parij sudi tomonidan rad qilindi. Bu qandaydir g‘ayirodatiy hol emas, chunki fransuz adliya sudi matbuot erkinligini hurmat qilishi ma‘lum. Shuning uchun hukm biz kutgandek bo‘ldi, dedi Ozodlikka sud zalidan endi chiqqan Skalbert.

Lola Karimova-Tillayevaning arizasi 19 may kuni Parij Oliy sudida ko‘rib chiqila boshladi va ikki kunlik eshituvlardan keyin 1 iyulda hukm o‘qilishi aytilgan edi.

Lola Karimova-Tillayeva fransuz zodagonlari bilan bazmi-jamshidlarni uyushtirishni xush ko‘radi.
Karimova xonim Fransiyadagi mustaqil jurnalistlarning eng yirik va eng mashhur Internet nashri hisoblanmish Rue89 internet gazetasini tuhmat ma‘lumot tarqatish orqali o‘z obro‘siga putur yetkizganlikda ayblamoqda va o‘ziga yetkizilgan ma‘naviy ziënni qoplash uchun nashrdan 30 ming yevro talab qilayotgan edi.

Shikoyat arizasiga Rue89 nashri muxbiri Ogusten Skalbertning Fransiyada Lola Karimova o‘tkazgan xayriya kechalari haqida ëzgan maqolalari asos bo‘lgan.

Bu maqolalarda fransuz jurnalisti Lola Karimovaning G‘arb, xususan fransuz zodagonlari, kino va san‘at yulduzlari ishtirokida hashamatli ziyofatlar va xayriya kechalari uyushtirish orqali o‘z otasi – “diktator Islom Karimov” hukmronligi ostidagi O‘zbekistonning xalqaro imidjini bo‘yab ko‘rsatishga urinaëtgani haqida yozgan edi.

Maqolalar muallifi Ogusten Skalbertning Ozodlik bilan suhbatda, Lola Karimova da‘vosiga bunday munosabat bildirgan edi.

Sud boshlangandan beri Newsweek va CBSNews ham Karimovani "diktator" deb atadi.
- Karimovning diktator ekani aniq fakt. Qonun bo‘yicha biz buni isbotlashimiz kerak, bu esa bizga juda oson. Olti yil avval Andijonda ommaviy qirg‘in bo‘ldi, hukumat muxoliflari o‘zbek qamoqxonalariga tashlandi, qiynoqqa solindi. Shunday ekan uning diktator ekanini isbotlash qiyin emas,- deydi Ogusten Skalbert.

Lola Karimova-Tillayeva va Rue89 nashri o‘rtasida sud tortishuvlari boshlangandan beri prezident Karimovni Amerikada chiqadigan Newsweek jurnali va CBSNews media-shirkati eng mustabid diktatorlar reytingiga qo‘shdi.
XS
SM
MD
LG