шанба, феврал 11, 2012 маҳаллий вақт 09:07

Дунë

Европа комиссари ҳижобга қаршиларни танқид қилди

Европа Кенгашининг Инсон ҳуқуқлари бўйича комиссари Томсас Ҳаммарберг Европанинг турли мамлакатларида ҳижобни таъқиқлаш уринишлари шахс эркинлиги қадриятларига зид эканидан баҳс этди.

Европа комиссари Ҳаммарберг бурқа ва ҳижобни таъқиқлашни аёлларнинг шахсий ҳаётига аралашув сифатида баҳолайди.
Матн катталиги - +
Постсовет ўлкаларининг аёллари байрам қиладиган 8 март арафасида қилган чиқиши чоғида Европа комиссари “бурқа ва ҳижобни таъқиқлаш хотин-қизларнинг шахсий ҳаётига аралашувдир”, деган фикрни билдирди.

Томсас Ҳаммарбергга кўра, муслималар ҳижобларини таъқиқлаш билан ҳақлари топталган хотин-қизларга эрк бериб бўлмайди, балки бундай ҳаракатлар уларни жамиятда янада яккаланиб қолишига сабаб бўлади.

Дания, Австрия ва Нидерландия каби давлатлар аёллар ҳижобларини таъқиқлаш масаласини муҳокама қилаётган эди.

Жумладан, Дания бош вазири Ларс Локке Расмуссен шу йилнинг январ ойи охирида жамоат жойларида муслималарнинг диний кийимларига чекловлар жорий қилиш таклифи билан чиққанди.

Бош вазир маъмурияти эълон қилган баёнотда “Дания жамиятида паранжи ва ҳижоблар учун ўрин йўқ ҳамда ҳукумат инсоният ва аёлларга нисбатан бундай ёндашувга қарши курашиш ниятида” экани айтилганди.

Шунингдек, Франция парламентининг январ ойидаги бир баёнотида муслималарнинг кўча-кўйда юзлари тўла ёпиқ ҳолда юриши француз қадриятларига ҳурматсизлик сифатида баҳоланган эди.
Бу форум ёпилган
Шарҳларни саралаш
Шарҳлар
     
муаллиф: gunohkor қаердан: praga
13.03.2010 01:04
shaxsan men oramizda SOLIHAdek fikrlaydigan umuman u kabi qizlar borligidin xursandman. hozirda o'zbeklarni deyarli barcha davlatlarda uchratish mumkin. ular orasida ham o'zbdagi o'zbeklar orasida ham shunaqa yurtdoshlarimiz borki, ular bn yurtdosh bo'lish hattoki jirkanchlidir. nafaqat kiyinish balki yurish-turish, o'zini tutish, xulqi ma'naviy, madaniy va intellektual onggi nihoyatda ayanchlidir ko'pchiligi ozgina foyda evaziga odamiyligini osongina almashtirib yuboradi. ko'rolmaslik, millatchilik meningcha bizning qon-qonimizga singib ketgan. lekin solihadek vatandoshlarimiz bor ekan ming yillardan beri saqlanib so'nggi paytlarda so'nayotgan shamga aylangan o'zbekona tarbiyayu xulq-atvorimiz hali yana yonib turajak

муаллиф: soliha қаердан: yaponiya
08.03.2010 13:48
Assalomu laykum varahmatillohu barakotuhu.Bismillohu rahmoni rahim.
Bitta narsa meni lol qoldirmoqda.Musulmon yurtlariga xohlagan chat ellik xohlagan kiyim boshida tashrif buyura oladi yoki yashaydi.Bemalol o`zining qomatini moda qiladi.Lekin biron bir musulmon ularga nisbatan hech nima demaydi.Chunki ular o`z huquqqini yaxshi biladi , bulbul bo`lib biz erkinmiz xohlagan kiyimni kiyamiz deydi.Xo`sh , shunday ekan nega o`sha ozodlik , erkinlik musulmonlarning statusiga nisbatan ham qo`llanilmaydi.Chunki musulmon ham erkin.Demak, u ham xohlagan kiyimini kiyishga haqqi bor.Aslida hamma hijobda yurishi zarur.
1.Hijobda hamma yursa ko`cha -kuyda "figura fashion" maydoni bo`lmaydi.Erkaklar ham figura bilan xayoli band bo`lmay savob tashvishlari bilan band bo`lar edi.Hamda uyidagi xotiniga agar uni figurasi ham hozirgi standartlar ,ko`chadigilarniki kabi bo`lmasa jerkimaydi.Chunki hamma hijobda yursa birovning figurasi qandayligini qayerdan ham bilib o`tiribdi?
2.Ajralishlar soni kamayardi. Rossiya 5.3%
              Belarussiya 4.7%          
              AQSH 4.9%
aynana o`sha Evropa 2.8%
hijobi bor davlatlar:
Suriya 0.73
Turkiya 0.49
( albatta bizda hijoblilar kam bo`lgani bilan ro`molli , xayoli ayollar mavjud. ) Uzbekistan 0.63
3.Hijob kiygan ayolga inson sifatida muomalada bo`linadi.Buni men o`z boshimda sinaganman.Hijobsiz bo`lganizda sizga erkaklar xuddi qo`g`irchoqdek muomalada bo`ladi.Hijobda bo`lsangiz o`zini yig`ishtiradi qoladi.Sizga inson sifatida muomalada bo`ladi.Aynan hozirgi ayollarning tengligini istagan ayollarga shu kerak emasmi?Ularga ham inson sifatida muomala qilishlarini.Lekin yarim yalong`och 90 60 90 bo`lib tursa qaysi erkak unga ayoldek muomala qila oladi.Bu xuddi bir inson dieta qilmoqchi oldida shirin shirin ovqat.Bir sinab ko`ringlarchi?Ovqatga qarab turib qancha muddat bardosh bera olasiz ekan.Aqli bor inson dieta qilmoqchi bo`lsa boshqa ish bilan chalg`ib belgilangan vaqtgacha ovqat haqida hatto o`ylamaslikka harakat qiladi.Shunday ekan , boshqa ayolga o`tib ketib qolishdan qo`rqqan erkak iloji boricha bundaylarga qarmasligi kerak/o`zining turmush o`rtog`i ham boshqa o`tib ketmasligi uchun , avvalo o`zi hijob kiyib (chunki uni ko`rganlar ham boshq ao`yga bormaslik uchun) dugonalari , qo`shnilariga ham tushuntirishi zarur.Chunki har qanday ayol ham bir kun yolg`iz , etagi to`la bola bilan qolishni istamaydi.Erni ushlab qolish kerak deb albatta ko`cha -kuyda ham o`zini chiroyini ko`rsatishi kerak emas.Albatta hozirgi zamonaviy yigitlar buni tushunmaydi.Hamda hijobli xotinidan uyladi.Lekin unga sekin -astalik bilan tushuntirsa hammasi joyiga tushadi qoladi.Hamma baxtli yashashi uchun hamma harakat qilishi zarur.
4.Hijob kiygan ayol kiyim muammosi unchalik ham o`ylantirmay qo`yadi.Bir turdagi kiyim oladi-da shuni kiyib yuradi.Har xil kiyim bosh sotib olish uchun ishlatadigan pulini sadaqa yoki savob yo`lida qo`llaydi.
yaxshi jamiyat qurish uchun hammiz birlashishimiz kerak.ajralish deymiz-u tasavvur qilib ko`ring bir oila ajralsa agar 3 ta farzandi bo`lsa 5 ta insonning hayoti ma`lum muddat barbot bo`ladi.Oila o`z iziga tushgunigacha vaqt kerak bo`ladi.O`sha vaqtni yaxshi , savob ishlarga qo`llash mumin bo`lar edi.Oila ham bir izga tushgani bilan farzandlar bir umr ota mehridan bebaxra qoladi.Ko`rdilaringmi , qanchalik oddiy muammolar katta muammolarni keltirib chiqmoqda.

муаллиф: ravshanbek қаердан: praha
08.03.2010 11:37
assalomu alaykum aziz uquvchilar men evropada bir necha yildan beri yashab kelayapman. juda kup insonlarni uchratdim Томсас Ҳаммарберг ham shular singari qalbida oz bulsada haqiqat yashirinib yotgan insonlardan ekan rahmat. lekinaksar evropa mamlakatlari rahbarlarini umuman aqli ishlamasligini ham guvohi bulib turibmiz. bular misoli daniya bachavozlarni nikohiga qarshimas lekin hijobga qarshi bu noinsoni harakat deb bilaman jumladan avstriya niderlandlar ham bu narsadan foriq emaslar. menimcha bachavozlarni harakatlarini taqiqlashsa bulardi. yana bilmadim uzlari ham shulardanmi. rahmat
.