Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 23:05

Gulnora Karimova o‘z liboslari ko‘rgazmasini restoranda o‘tkazmoqchi


Nyu Yorkdagi Moda haftaligidan quvilgan "o‘zbek malikasi" o‘z tomoshasini hashamatli restoranda o‘tkazmoqchi.

Nyu Yorkdagi Moda haftaligi tashkilotchilari huquq himoyachilari bosimi ostida Gulnora Karimovaning Guli kolleksiyasi namoyishini dasturdan olib tashlashi ortidan o‘zbek prezidenti qizi o‘z shousini boshqa joyda o‘tkazish harakatiga tushgan.

“New York Post” ro‘znomasining yozishicha, Gulnora Islomovna o‘z moda shousi uchun Nyu Yorkning hashamatli “Cipriani” restoranini tanlagan.

“Qattol o‘zbek diktatorining qizi va dizayner Gulnora Karimova Mersedes-benz shirkati homiyligida Nyu Yorkda o‘tayotgan Moda haftaligidan quvilganidan so‘ng o‘z liboslar kolleksiyasini Nyu Yorkdagi qimmatbaho “Cipriani” restoranida o‘tkazishni rejalamoqda, menyuga issiq ovqat ham kiritilgan”, deb yozdi “New York Post”.

Nashrning yozishicha, hozir Nyu Yorkdagi Moda haftaligi tashkilotchisi bo‘lgan IMG shirkati Gulnora Karimova bilan arenda uchun to‘lagan 30 ming dollar pulini qaytarish haqida so‘zlashuv olib bormoqda.

“Bu o‘zining Guli liboslar kolleksiyasini tomosha qilish uchun Gulnora Karimova tarafidan sarflangan pulning bir qismi xolos”, deb yozdi“New York Post”.

Xabarlarga ko‘ra, Karimova xonim Nyu Yorkdagi Moda haftaligidan quvilganidan so‘ng o‘z tomoshasini tashkillashtirishga ko‘maklashishni so‘rab bir qator elchixonalar, jumladan Rossiya, Ispaniya va Arab Amirliklari vakolatxonalariga murojaat qilgan. Lekin “o‘zbek malikasi” liboslar kolleksiyasi tomoshasini o‘tkazishga qaysi davlat hukumati rozi bo‘lgani hozircha noma‘lum.

O‘zbekiston prezidentining to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimova 2008 yildan buyon BMTning Jenevadagi qarorgohida O‘zbekistonning doimiy vakili, 2010 yildan esa bu davlatning Ispaniyadagi lavozimida bo‘lib kelmoqda.

Hozircha “Cipriani” restoranti egalari Gulnora Karimova shousidagi ishtiroki borasida biron izoh berishmadi. “New York Post” “Cipriani” restoranining avval 10 million dollar miqdorida soliq to‘lamaganlik janjali markazida qolganini esga oldi.
XS
SM
MD
LG