Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 02:58

Seuldagi o‘zbek qizi o‘z vatandoshi zo‘rlaganini aytmoqda


Uzfiles.com saytidagi Asilboy001 ostida e‘lonlar yozayotgan shaxs o‘ziga 2009 yilning 1 iyul kuni Drezden sudi binosida asli misrlik 28 yashar homilador Marva al-Sherbiniyni 16 marta pichoqlab o‘ldirgan irqchi manyak Alex W. ning ana shu suratini tanlagan
Uzfiles.com saytidagi Asilboy001 ostida e‘lonlar yozayotgan shaxs o‘ziga 2009 yilning 1 iyul kuni Drezden sudi binosida asli misrlik 28 yashar homilador Marva al-Sherbiniyni 16 marta pichoqlab o‘ldirgan irqchi manyak Alex W. ning ana shu suratini tanlagan

Voqea 8 fevral kuni Janubiy Koreya poytaxti Seuldan 70 kilometrlar masofada joylashgan Antog va Chonju shaharchalari o‘rtasidagi tog‘dan o‘tuvchi magistral yo‘l yaqinidagi ko‘l bo‘yida sodir bo‘lgan.

8 fevral kuni Praga vaqti bilan kechga yaqin Janubiy Koreyadan sim qoqqan o‘zbekistonlik yigit o‘z yurtdoshi hozirgina jinsiy va jismoniy tajovuzdan qochib oldiga yordam so‘rab kelganini ma‘lum qildi.

“Aqlimga kelgan ilk maslahat¸ bu voqeadan jamoatchilikni¸ ayniqsa Koreyadagi o‘zbekistonlik qizlarni ogohlantirish lozim¸ degan fikr bo‘ldi. Shu bois jabrdiydani voqeani boricha hikoya qilishga ko‘ndirdim”¸ deya telefon go‘shagini jinsiy tajovuzga uchraganini aytayotgan qizga uzatdi Seulda yashayotgan o‘zbekistonlik yigit.

Voqea dahshatidan hali o‘ziga kelmagan qiz o‘z shaxsini ochiqlashgan qo‘rqqani bois¸ unga shartli ravishda Gulmira deb ism qo‘ydik. (Ayni paytda¸ Ozodlikka bu shaxsning asl ism-sharifi¸ yashash manzili¸ telefon raqamlari ma‘lum va bu ma‘lumot xavfsizlik va boshqa vajlar bois oshkor qilinmayotir. –tahr.)

Ish ilinjida "Vatandosh"ga yuzlangan Gulmira hikoyasi:


- Hozir ishsizman Koreyada. Bir oy bo‘ldi. Ish qidirib Internetga kirgandim. Uzfiles.com saytining Vatandoshlar bo‘limi Uzbeks Korea degan joyiga kirdim. O‘sha yerda Asilboy001 degan odam “Koreyada ayollarga ish bor. 1 million 800 mingdan oyligi. yordam beramiz Ollohning yo‘lida” deb yozib qo‘ygan telefon nomerlarigacha. Bu bola rostdan ham Ollohning yo‘lida yordam berarmikan deb umid qilib telefon qilgan edim. Bu bola “Ish qidirib ikki-uch kunda javobini aytaman” deb, bugun ertalab (intervyu 8 fevral kuni yozib olingan – tahr.) soat 7da telefon qilib “Ish bor opa. Mana shu yo‘lga chiqib turing” deb adres berdi. Men yo‘lga chiqdim ishonib¸ deydi Gulmira.


Yo‘l


Lavhani hozirlash jarayonida Ozodlik muxbiri Gulmira bilan bir necha bor suhbatlashdi¸ har gal u savollarga izchillik bilan bir xil javob qaytardi¸ voqea tafsilotlariga imkon qadar oydinlik kiritilishiga yordam berdi.

Gulmiraga ko‘ra¸ ertalabki soat 9.40 larda telefonda kelishilgan kabi Antog shaharchasidagi katta yo‘l bo‘yiga kelib to‘xtagan eski Hvundai Avantes rusumidagi qora sport mashinasida o‘zini avvaliga Azamat deb tanishtirgan yigit kelgan.
O‘zini Seul yaqinidagi institutda o‘qiydigan talaba¸ mart oyigacha ta‘tilda bo‘lgani bois qiynalib qolgan o‘zbekistonliklarga ish topib berish bilan shug‘ullanayotgan qilib ko‘rsatgan haydovchi yigit avvaliga Gulmiraga shubha uyg‘otmaydigan muomala qilgan va rejaga ko‘ra¸ yaqindagi Chonju shaharchasidagi fabrikaga ishni ko‘rish uchun olib borishini bildirgan.

Ammo soat 11 larga yaqin u katta yo‘ldan chiqib¸ oynalari qoraytirilgan mashinani qandaydir ko‘l bo‘yiga kelib to‘xtatdi va shu yerda mashina ichida menga jismoniy va jinsiy tajovuz boshladi¸ deydi Gulmira.

- Meni mashinasiga solib boshqa bir shaharga olib ketib chekka joyga, qo‘llarimni boylab, pichoq tirab meni zo‘rlamoqchi bo‘ldi. Har qanaqa yo‘lga solib ko‘rdim. “Onam kasal. Seni ham ona tuqqandir. Men pul jo‘natishim kerak uyimga. Qo‘yib yubor meni” desam ham “Xudoning aytgani bo‘ladi. Onang kasal bo‘lsa, meni uch soat yalintirding. O‘tirasan endi shu yerda. Qachon men qo‘yib yuborsam ketasan” deb daryoga o‘xshagan joyning chekkasiga olib borib oldi. Men qo‘lidagi pichog‘i bilan so‘yib daryoga tashlab ketsa meni kim topadi deb qo‘rqdim¸ deydi Gulmira.

Mashina nomeri bir emas...


“Avvaliga old o‘rindiqdan qochib orqa eshik ochiqmi deb orqaga o‘tdim¸ hamma eshiklarni qulflab qo‘ygan¸ shunda haydovchi o‘rindig‘i tagida 6270 degan raqam yozilgan mashina nomeriga ko‘zim tushdi. Boshqa yozuvlarni eslolmayman”¸ deb qo‘shimcha qiladi Gulmira.

Zo‘ravonlik jarayonida o‘zini dam Azamat¸ dam Alisher¸ dam Aziz deb atagan yigit Koreyadagi o‘zbek qizlaridan nafrat qilishi¸ ularning hammasi buzuq ekani va o‘zini ko‘p bor aldaganini qayta-qayta takrorlagan.

“Sendaqalarning ikki yuztasini ko‘rganman¸ o‘zingni rolga solma¸ mendan qochib qutula olmaysan”¸ degan o‘zbekistonlik tajovuzkor Gulmiraga ko‘ra.

Tasodifan katta yo‘lda paydo bo‘lgan politsiya mashinasi jonimga aro kirdi¸ deydi qiz.

- 200 metr naridagi katta yo‘lda politsiya mashinasini ko‘rib¸ mani tashlab qochdi. Politsiyaga borib aytishga qo‘rqdim¸ hujjatlarim yo‘qligi uchun. Qayerdaligimni ham bilmasdan¸ yurib oxiri avtobus bekatini topib¸ shaharga soat 4 larda qaytib keldim¸ deydi Gulmira.

Asilboy001 hikoyalari


Gulmira va uning tanishi bilan uzoq suhbatdan so‘ng Ozodlik Uzfiles.com saytining Koreyadagi o‘zbeklar uchun ochilgan sahifasiga kirdi va u yerda turgan birinchi uch e‘lonning aynan Asilboy001 degan taxallus ostidagi shaxsdan kelganiga guvoh bo‘ldi. So‘nggisi 23 yanvar kuni qo‘yilgan bu postingda o‘zbekistonlik legalu nolegal qizlarga yaxshi ish borligi aytiladi va murojaat uchun Koreyadagi mobil telefoni qo‘yiladi. Keyingi eski postinglarda¸ koreysga erga tegmoqchi qizlar menga murojaat qilsin¸ degan e‘lon qo‘yilgan. Bu nik ostidagi e‘lonlarning diqqatni tortadigan jihati¸ ularning faqat xotin-qizlarga atalganidir.

Bu nik ostidagi shaxs o‘ziga 2009 yilning 1 iyul kuni Drezden sudi binosida asli misrlik 28 yashar homilador Marva al-Sherbiniyni 16 marta pichoqlab o‘ldirgan irqchi manyak Alex W. suratini tanlagan.

Avvaliga Ozodlikning ayol muxbiri bu raqamga sim qoqib¸ Koreyada ishsiz qolgan ayollarga Asilboy001ning qanday ish topib berishi bilan qiziqdi. O‘zining Seulning Tandemunida yashaydigan toshkentlik Asilbek deb tanishtirgan shaxs¸ suhbat davomida uni boshqa mavzuga burdi:

- Yoningizdagi sherigingizga bering, telefon qiling deyaptiyu. Menga telefon qiling deyaptiyu. Kechagi qiz aytdimi sizga? Yoningizdagi sherigingizga bering telefonni gapim bor. Sizga telefon qiling degan qizga ayting. ..... degan qiz telefon qiling dedimi sizga (shu yerda 8 fevral kuni jinsiy tajovuzga uchragan Gulmiraning asl ismini aytadi – tahr.) deya o‘zi bilan Uzfiles.com orqali chatga chiqishni tavsiya qilib¸ gapni kalta qildi Asilboy001.

Ozodlikning ayol muxbiri bilan 9 fevral kungi ilk suhbatda Asilboy001 o‘zining Ozodlikka zo‘rlanganini aytish maqsadida sim qoqqan qizni tanishi va uning asl ismini bilishini e‘tirof etdi.

Oradan yarim soatcha o‘tib¸ o‘zini Gulmira voqeasini o‘rganayotgan Ozodlik muxbiri deb tanishtirgan boshqa muxbir bilan suhbatda Asilboy001 na bunday qizni tanishi va na bunday voqeadan xabari borligini aytdi.

- Gulmira? Qanday Gulmira? (Asl suhbatda qizning asl ismi ishlatiladi – tahr.) Bilmadim, unaqa narsadan uzoqdaman aka men. Bunaqa narsalar ko‘pku. Menga uydirma bu aka. Bunaqa narsalar qo‘limdan kelmaydi, bunaqa narsalardan uzoqdaman aka. Asl ismim Bahrom. Familiyam Faxriddinov. Vodiydanman. Qo‘qondanman, Qo‘qondan. Yoshim 27 ga ketayapti.

Qiziqmisiz bunaqa narsalarni bilmayman men e. Bunaqa narsani bilmayman aka men. Bu narsani eshitib sig‘dira olmayapman men to‘g‘risi. Internetga aqlim yetmaydi aka mening. Telefonni ham yozdirganman. Bu boshqa bolaning telefoni o‘zi aslida. Boshqa bolaning telefon nomerini ishlataman men. O‘zimning telefonim yo‘q. Internetga aqlim yetmaydi aka kompyuterga. Viza hech narsa yo‘q aka. O‘tib ketgan hammasi. Kelganimga 6-7 oy bo‘layapti. Buni bitta bola yozgan edi. Mening nomerimni yozib qo‘ygan ekan. U saytni ko‘pchilik ishlatadida. Bitta saytga yozadi hammasi. Mening nomerimni yozishgan ekan bolalar¸ dedi Asilboy001 postingida qo‘yilgan telefonga 9 fevral kuni javob bergan yigit.

Qaysi gap chinu¸ qaysisi yolg‘on?


Asilboy001 niki ostidagi e‘londa yozilgan telefonga javob bergan yigit Ozodlikning ayol muxbiri bilan suhbatda o‘zini Internetdan yaxshi xabardorligini aytib¸ unga postinglarning ichki muhlatiga qarashni o‘rganishga chaqirdi¸ ammo boshqa muxbir bilan keyingi suhbatda o‘zini Internetdan mutlaq bexabar shaxs qilib ko‘rsatmoqchi bo‘ldi.

Suhbat boshida Asilboy001 o‘zi ekani¸ bu so‘z haqiqiy degan ma‘noni anglatishini tushuntirgan bu yigit¸ sal o‘tmay¸ "Men kompyuterniyam¸ Uzfiles.comniyam bilmayman" deyishga o‘tdi.

U suhbatning bir joyida Uzfiles.comga qo‘yilgan telefon nomeri o‘ziniki emasligini aytsa¸ boshqa bir joyida o‘zbekistonliklarni ishga joylash bilan shug‘ullanadigan o‘rtoqlari koreys tilini bilgani uchun o‘zining nomerini e‘longa yozib qo‘yishganini aytdi.

Ozodlik suhbatlari davomida Asilboy001ning noizchil hikoyasi ruhshunos huquqshunos tomonidan o‘rganishga arzigulik materialga tortadi. Ammo Ozodlik yordamida bu suhbatni eshitgan Gulmira uning o‘zini zo‘rlagan shaxsniki ekanini tasdiqladi va Ozodlik muxbiri bilan suhbatdan so‘ng asl ismi noma‘lum qolayotgan bu shaxs o‘ziga sim qoqib¸ tahdid qilganini bildirdi.

"Koreyadagi o‘zbek qizlarining hammasi buzuq!"


Bir necha suhbatda o‘zini bir necha ism bilan tanishtirgan bu shaxs Gulmira va Ozodlik muxbiri bilan suhbatda qariyb bir xil takrorlangan ohang uning o‘zbeklar¸ ayniqsa o‘zbek qizlariga ishonchsizlik ruhidagi quyidagi gaplari bo‘ldi:

- O‘zbek bo‘lib o‘sganmanda men. Nechtasiga pul berganman, pulni berishmaydi. O‘zbekchilik Koreyada yo‘q ekan, dedim keyin. Bir marta kesildim, ikki marta kesildim, oxiri hech kimga ishonmay qo‘ydim. Shuning uchun birov bilan gaplashmayman ham. O‘zbek bor joyda obezyatelno ishkal yo boshqa narsa chiqaveradi, Koreyada ham. Shunaqa joy. Koreyadagi qizlarga men yo‘qman. O‘zbek qizga men voobshe ishonmayman. Zamonaviy joyda yashayotgan karis qizlar ham bunchalikmas. O‘zbek qizlar o‘zbekchiligini yeb bo‘lgan. Kelgan qizlar borki hammasi umuman buzilib ketadi. Ko‘chaga chiqmaganligi uchun bu yerga kelib voobshe buzilib ketadi bizning qizlar. Shunday joyda yashayotgan karis qizlari bunchalik buzuqmas, dedi Uzfiles.com saytida Asilboy001 taxallusi ostida qo‘yilgan postingdagi telefonga javob bergan va o‘zbekistonlik Gulmira tomonidan o‘zbek qizlarini aldab¸ ularni zo‘rlash bilan shug‘ullanayotgan manyak-jinoyatchi ekanlikda ayblanayotgan shaxs.

Bu shaxs Gulmirani o‘ziga tuhmat qilayotganlikda aybladi¸ ammo o‘zining asli kimligini bilmaydigan notanish qiz nima maqsadda tuhmat qilishi mumkinligi haqidagi savolga “Bilmadim” deyishdan boshqa javob topib bera olmadi.

Ozodlik muxbirining o‘zi va Gulmirani video Skype orqali uchrashtirib¸ voqeaga oydinlik kiritish taklifi¸ shuningdek qo‘rqadigan joyi bo‘lmasa¸ o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar va suratini Skype orqali faqat muxbirlarga¸ ular ishonchini qozonish uchungina taqdim qilish taklifini ham Asilboy001 rad etdi.

Tuhmat? Nima uchun?


Odatda tuhmat¸ xususan jinsiy tajovuzga oid tuhmat¸ aniq manzilda yashaydigan¸ kimligi aniq shaxsga nisbatan qilinadi va bunday tuhmatdan maqsad bu odamni badnom qilish¸ yoxud undan pul undirish bo‘ladi.

O‘zini zo‘rlagan yigitning Farg‘ona¸ taqriban Qo‘qon taraflardan ekanidan boshqa narsa bilmaydigan Gulmirada bunday motiv sezilmadi.

U Ozodlikka zo‘rlik voqeasini oshkor qilishdan maqsadi Janubiy Koreyadagi o‘zbek qizlarini "Olloh nomi bilan yordam beraman"¸ degan o‘zbekistonliklarga ishonmaslik¸ xususan Uzfiles.com saytidagi Asilboy001dan ogoh bo‘lishga chaqirish ekanini aytadi¸ xolos.

- Bo‘yi 1,60 bo‘lishi kerak. Mendan ozgina balandroq edi. Men 1,56 man. Sochi sariq, mallasoch. O‘zi sariqdan kelgan. Ko‘zi jigarrang. Bo‘ynining o‘ng tomonida yoki chap tomonida dog‘i bor. Ikki santimetrcha jigarrang dog‘i bor. Tishi egri. Hamma tishi to‘g‘ri emas. Shevasi hech ham Toshkentnikiga o‘xshamaydi. Har xil shevaga kirib gapirayapti. “Andijonliklarning shevasi emas” desam kuldi. U vodiylik bo‘lishi kerak¸ deydi Gulmira.

Tajovuzga uchragan qiz o‘zining nolegal maqomi bois¸ na politsiya va na O‘zbekiston elchixonasidan yordam so‘ray oladi. Ayni paytda u mahalliy huquqshunos va faollardan bunday vaziyatda nima qilish lozimligi borasida maslahat olish rejasida.

O‘zbekistondan xorijga ish izlab ketayotgan millionlab o‘zbekistonliklar armiyasi safini to‘ldirayotgan xotin-qizlar soni muttasil ko‘payib bormoqda.

Erkak muhojirlardan farqli bu ayollar xorijda ham mahalliy¸ ham o‘z yurtdoshlari tomonidan jinsiy tajovuz nishoniga aylanib bormoqda.

Ko‘pchiligi nolegal mehnat qilayotgani bois¸ huquqiy muhofazadan mahrum o‘zbekistonlik muhojir ayollarning bunday jinoyat ob‘ektiga aylangani haqida Ozodlik o‘tgan hafta Rossiyada o‘z mahalladoshi tomonidan fohishalikka zo‘rlangan kattaqo‘rg‘onlik Shahzoda hikoyasini efirga uzatgan edi.

Ham mahalliy¸ ham xalqaro qonunlar bunday tajovuzlar bo‘yicha jabrdiydaning o‘zi politsiyaga shikoyat qilmagunicha¸ jinoyatchilarning jazoga tortish qiyinligi bois¸ jabrlanuvchilarni huquq idoralariga murojaat qilishga chaqiradilar.

Aziz mushtariy¸ orangizda bu voqeaga oydinlik kiritishi mumkin shaxslar bo‘lsa¸ yoxud Janubiy Koreyada Uzfiles.com saytidagi Asilboy001 ¸ yoxud Gulmira tasvirlagan shaxs tomonidan tajovuzga uchragan boshqa o‘zbek qizlari bo‘lsa¸ Ozodlik orqali o‘z ma‘lumot va hikoyalarini jamoatchilikka yo‘llashlari mumkin.
XS
SM
MD
LG