Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:09

"Bunyodkor" stadioni 28 avgustdan ishga tushadi


Toshkent shahridagi "Bunyodkor" stadioni 28 avgustdan boshlab ishga tushishi ma‘lum qilindi.

Championat.uz sayti ma‘lumotiga ko‘ra, ayni shu kuni stadionda o‘zbek futbolining 100 yillik tantanalari nishonlanadi.

O‘zbekiston Futbol federatsiyasi (O‘FF) rahbari Mirabror Usmonov stadion qurilishi iyun oyida nihoyasiga yetishini bildirgandi.

Lekin qurilish ishlari yana bir oyga cho‘zildi. Hozirda stadionning tomlari yopib bo‘linib, so‘nggi qurilish va pardozlash ishlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra, “Bunyodkor” stadioni aslida 2012 yilning 10 martida topshirilishi kerak edi.

Germaniyaning GMP firmasi tomonidan loyihalashtirilgan sport kompleksi qurilishi 2008 yil boshlangan va keyinroq to‘xtab qolgan edi. Bunga “Bunyodkor” jamoasining muassisi, Gulnora Karimovaga tegishli ekani aytiladigan "Zeromaks" shirkatining yopilishi sabab bo‘lgan edi. Shundan so‘ng to‘xtab qolgan qurilish O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 5 apreldagi qaroridan so‘ng yana boshlandi.

Stadionning dastlab 45 ming odamni sig‘dira oladigan Markaziy Osiyodagi eng katta sport kompleksi bo‘lishi haqida aytilgan edi. O‘FF sayti ma‘lumotiga ko‘ra, endilikda tomoshabinlar o‘rindiqlari soni 34 ming bo‘lib, majmua uch qavatdan iborat bo‘ladi.

“Bunyodkor” sport kompleksining avvalgi loyihasi 150 million AQSh dollariga teng ekani aytilgan edi, hozirgi qurilishga 60 milliard so‘m sarflanishi va bu mablag‘ning xayriya hisobiga yig‘ilishi aytilayapti.
XS
SM
MD
LG