жума, май 24, 2013 маҳаллий вақт 11:11

"Yosh to‘lqin" yoshlar sahifasi

Futbol: "Bunyodkor" - "Adelaida Yunayted" 2:2

x
Матн катталиги - +
Osiyo Chempionlar Ligasi birinchi chorak final bosqichida Toshkentning "Bunyodkor" futbol jamoasi va Avstraliyaning "Adelaida Yunayted" jamoasi o'rtasida o'tgan uchrashuv 2:2 hisobida durang bilan yakunlandi.

19 sentabr kuni Avstraliyada o'tgan o'yinda hisobni mezbonlar 7 va 18 daqiqalarida ochib berishdi. Gollarga Yan Remsi va Ivan Kostopuloslar mualliflik qilishdi.

"Bunyodkor" esa raqib gollariga ilk javobini birinchi bo'limning 44 daqiqasida qaytardi. Standard vaziyatni ajoyib tarzda ijro etgan Jasur Hasanov to'pni darvoza "devyatka"siga yo'llab, hisobni 2:1 ga yetkazdi.

"Qaldirg'ochlar"ning ikkinchi goli 75 daqiqada Shavkat Salomov tarafidan kiritildi.

Aytib o'tish joiz, 44 daqiqadan boshlab bir o'yinchiga ko'pchilikda o'ynagan toshkentliklarda amalga oshirilmay qolgan qator qulay vaziyatlar bo'ldi.

O'yindan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashgan "Bunyodkor" jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov avstraliyalik raqibning shiddatli hujumlarini kutmaganini aytdi.

- “Adelaida Yunayted”ning bizga qarshi o‘tkazgan barcha uchrashuvlarini tahlil qilib shuni ayta olamanki, raqibimiz har safar himoyaviy taktikaga asosnlangan tartibli o‘yin namoyish etardi. Bugun  ushbu jamoaning o‘tkir va keskin hujumlar tashkil etishini birinchi bor ko‘rishim. Tezkor o‘tkazib yuborilgan gol rejalarimizni o‘zgartirib yubordi. Biroq 20-daqiqadan keyin shogirdlarim tashabbusni o‘z qo‘llariga ola boshlashdi va uchrashuvning qolgan qismida katta ustunlikka ega bo‘lishib, yakunda irodali durang qayd etishdi. Buning uchun futbolchilarimdan minnatdorman, - dedi bosh murabbiy matbuot anjumanida.

"Bunyodkor" va "Adelaida Yunayted" jamoalari o‘rtasidagi javob o‘yini 3 oktyabr kuni Toshkentda bo‘ladi.

"Bunyodkor" - "Adelaida Yunayted" 2:2 (19.09.2012)



Psiphon - Тўсиқларни олиб ташланг!

Ҳурматли муштарий,

Мазкур мақолага шарҳ юборишингиз Озодлик таҳририяти томонидан олқишланади. Ушбу шарҳлар эълон қилиниши учун веб-муҳаррир томонидан маъқулланиши лозимлигини ёдда тутишингизни сўраймиз. Биз шарҳларни таҳрир қилмаймиз – шарҳлар юборилган ҳолича ё эълон қилинади, ёки аксинча, ўчириб ташланади. Муштарийлар муҳокамадаги мавзу юзасидан Сизнинг фикр-мулоҳазаларинги ва танқидларингизни билишни истайди. Лекин адоват уйғотувчи ва таҳқиромуз, алоҳида шахс, гуруҳ ва миллатга нисбатан нафрат туғдиришга қаратилган ҳамда асоссиз айблов ва иддаолар келтирилган шарҳлар эълон қилинмаслигини, лутфан, ёдингизда тутишингизни эслатамиз.

Эътиборингиз учун раҳмат.
Бу форум ёпилган
Шарҳлар
     
Бу форумда ҳозирча шарҳ йўқ. Сиз биринчи бўлиб ёзишингиз мумкин
.