пайшанба, апрел 17, 2014 маҳаллий вақт 06:10

"Yosh to‘lqin" yoshlar sahifasi

"Barselona" chempionat autsayderidan to'rt gol ot'kazib yubordi

x
Матн катталиги - +
"Barselona" futbol klubi Ispaniya chempionati doirasida autsayderlardan hisoblangan La-Korunyaning "Deportivo" jamoasiga qarshi o'tgan o'yinda o'z darvozasiga to'rt gol o'tkazib yubordi.

Shunga qaramasdan, o'yin yakuniy natijasi "Barsa" foydasiga 4:5 hisobida yakunlandi va kanaloniyaliklar chempionatdagi yetakchi pozitsiyasini yanada mustahkamlab olishdi.

20 oktyabr kuni La-Korinyada o'tgan o'yinning 20 daqiqasidayoq "Barsa" 0:3 hisobida oldinga chiqib oldi.

Biroq mezbonlar hujumga zo'r berishib, qisqa vaqt ichida ikki ikki javob go'lini urishga muvaffaq bo'lishdi.

Birinchi bo'lim so'nggi daqiqalarida Messi tarafidan kiritlgan goldan song jamoalar 2:4 hisobida tanaffusga chiqib ketishdi.

"Deportivo" ikkinchi bo'limning dastlabki daqiqalaridayoq shiddatli hujumlarga o'tishni boshladi. O'yinning 47-daqiqasida uyushtirilgan shunday hujumlardan birida mezdonlar hujumchisi Pitsi o'yindagi ikkinchi golini urdi va hisobni 3:4 ga yetkazdi.

"Deportivo"ning hisobni tenglashtirishga uringan harakatlariga qaramasdan "Barsa" 77-daqiqada gollar farqini ikkitaga yetkazdi. Messining het-trikidan so'ng hisob 3:5 ga yetdi.

O'yinda hisobni ochib bergan "Barsa" himoyachisi Jordi Alba 79-daqiqada avtogol bilan hisobni yopdi.

Mehmondagi g'alabadan so'ng "Barselona" 22 ochko to'plagan holda Ispaniya chempionatida yetakchilik qilmoqda.


Ўзбекистонда "Озодлик"ка DOVON.INFO прокси сайти орқали киринг.
Бу адресни яқинларингизга юборинг!
ПРОКСИГА ҲАМ ТЎСИҚ ҚЎЙИЛСА ЯНГИСИНИ ШУ ЕРДА ЭЪЛОН ҚИЛАМИЗ.
ОЗОДЛИК радиоси билан ҳар қачон скайп орқали боғланинг! OzodOvoz + OzodSkype
WhatsApp +420 724 971 539
Бу форум ёпилган
Шарҳлар
     
Бу форумда ҳозирча шарҳ йўқ. Сиз биринчи бўлиб ёзишингиз мумкин
.

Ozodlik Odnoklassnikida