Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 21:05

Slovyanskdagi to‘qnashuvda Ukraina xavfsizlik kuchlari xodimi halok bo‘ldi


Slovyansk shahri tashqarisida "Berkut" maxsus kuchlari bilan to‘qnashuvga tayyorgarlik ko‘rayotgan Rossiya tarafdorlari avtomobil shinalarini yoqmoqda, 2014 yil 13 aprel.
Slovyansk shahri tashqarisida "Berkut" maxsus kuchlari bilan to‘qnashuvga tayyorgarlik ko‘rayotgan Rossiya tarafdorlari avtomobil shinalarini yoqmoqda, 2014 yil 13 aprel.
Ukraina Ichki ishlar vaziri Slovyansk shahrida Rossiya tarafdorlari bilan ro‘y bergan qurolli to‘qnashuvda xavfsizlik kuchlarining bir xodimi halok bo‘lgani, besh nafari yaralanganini ma‘lum qildi. Ayni paytda 13 aprel kuni Rossiya tarafdorlari Donetsk viloyatidagi Mariupol shahar ma‘muriyati binosini bosib oldi.

Ukraina ichki ishlar vaziri Arsen Avakov mamlakat sharqida joylashgan Slovyansk shahridagi “aksilterror” amaliyoti chog‘ida “ikki tomondan o‘lganlar va yaralangan odamlar borligi”ni bildirdi.

Avakov o‘zining Feysbukdagi sahifasida Slovyansk shahrida Rossiya tarafdorlari bilan otishmada Ukraina xavfsizlik kuchlarining bir xodimi halok bo‘lgani, besh nafari yaralanganini ma‘lum qildi.

Unga ko‘ra, to‘qnashuv paytida ayirmachilar tomoni ham talafot ko‘rgan.

Arsen Avakov ayirmachilarni 1000 chog‘li kishi qo‘llab-quvvatlayotganini qo‘shimcha qildi.

Ichki ishlar vaziriga ko‘ra, ayirmachilar odamlardan tirik qalqon sifatida foydalanmoqda. Vazir voqea tafsiloti haqida boshqa ma‘lumot tarqatmadi.

Yakshanba kungi otishma Ukraina xavfsizlik kuchlari rossiyaparast ayirmachilar avtomobil yo‘liga o‘rnatgan to‘siqqa yaqinlashgan paytda boshlangani aytilmoqda.

O‘zini Slovyanskdagi Rossiya tarafdori bo‘lgan jangchilar qo‘mondoni, deb tanishtirgan Pavel Petrov “Rossiya 24” telekanaliga Slovyanskdagi vaziyat haqida quyidalarni aytdi:

- Hozir, so‘nggi ma‘lumotlarga ko‘ra, Slovyansk tomonga Ukraina Ichki ishlar vazirligi maxsus kuchlari kiyimidagi 150 kishi piyoda harakatlanmoqda. Slovyansk tomonga yana 5-7 dona bronetransportyor ham harakatlanayapti. Biz jonimizni ayamay, ularni to‘xtatamiz va shaharga kirishlariga yo‘l qo‘ymaymiz, - dedi Pavel Petrov.

13 aprel kuni Slovyansk shahridagi jurnalistlar ertalab shahar osmonida harbiy vertolyotlar parvoz qilganini bildirdi.
Украина кучлари яқинлашар экан, Россия тарафдори бўлган қуролли гуруҳлар Словянск шаҳридаги милиция идораси олдида баррикадалар тикламоқда.
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:03 0:00


Slovyansk rossiyaparast qurolli guruhlar 12 aprel kuni militsiya idoralarini bosib olgan Ukraina sharqidagi shaharlardan biridir.

Ukrainadagi axborot agentliklariga ko‘ra, 13 aprel kuni qurollangan Rossiya tarafdorlari Donetsk viloyatidagi Mariupol shahar ma‘muriyati binosini ham bosib olgan.

Ukraina sharqida, jumladan, Slovyansk, Donetsk, Kramatorsk va Krasniy Liman shaharlarida hukumat binolari va militsiya idoralariga hujumlar davom etar ekan, Kiyev hukumati buni "Rossiyaning bosqinchiligi”, deya atadi.

Donetsk shahridagi hukumatga tegishli asosiy binolar bir hafta oldin bosib olgan rossiyaparst qurolli guruhlar nazoratida qolmoqda.

Rossiya Kiyevni Ukraina sharqidagi Rossiya tarafdori bo‘lgan faollarga qarshi kuch qo‘llamaslik haqida ogohlantirdi.

Rossiyaparast faollar muxtoriyat bo‘yicha referendum o‘tkazish va Rossiyaga qo‘shilishni talab qilmoqda.

12 aprel kuni Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina sharqida Rossiya tarafdorlariga nisbatan Kiyev tomonidan har qanday kuch qo‘llanilishi to‘rt tomonlama muzokaralarni tahlika ostiga qo‘yishi mumkinligidan ogohlantirdi.

17 aprel kuni Jeneva shahrida o‘tkazilishi rejalangan muzokarada Ukraina, Rossiya, AQSh va Yevropa Ittifoqi rasmiylari ishtirok etishi kutilmoqda.

Ayni paytda AQSh Vitse-prezidenti Jozef Bayden 12 aprel kuni Sergey Lavrov bilan telefon orqali so‘zlashuvi chog‘ida, agar Rossiya Ukraina chegarasi yaqinidan o‘z qo‘shinlarini olib chiqmasa va Sharqiy Ukrainadagi vaziyatni yumshatish bo‘yicha harakat qilmasa, Rossiyaga nisbatan qo‘shimcha choralar qo‘llanilishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

13 aprel kuni AQSh ning Ukrainadagi elchisi Jeffri Pyatt Tvitterdagi sahifasida “Ukraina sharqidagi janggarilar Rossiya qurollari bilan qurollangan" va "Qrimni bosib olgan Rossiya kuchlarining kiyimida" ekanini yozdi.

Oq Uy rasmiylari AQSh Vitse-prezidenti Jozef Bayden 22 aprel kuni Ukrainaga safar qilishini bildirdi.

12 aprel kuni Oq Uy e‘lon qilgan bayonotda Ukraina hukumati rahbarlari va fuqarolik jamiyati vakillari bilan bo‘lajak uchrashuvda Bayden Qo‘shma Shtatlar "yaxlit va demokratik Ukraina"ni astoydil qo‘llab-quvvatlashini alohida ta‘kidlashi ma‘lum qilingan.
XS
SM
MD
LG