Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 00:25

Samsung Toshkentda Galaxy S5 smartfonini taqdim etdi, narxi 2,5 million so'm


Toshkentda 12 aprel kuni Samsung shirkatining yangi flagman smartfoni - Galaxy S5 qurilmasining taqdimot marosimi bo'lib o'tdi.

Havoning sovuqligi va yomg'irga qaramay, "Turkiston" san'at saroyining yozgi sahnasida bo'lib o'tgan tadbirda bir necha ming kishi qatnashdi.

Taqdimot marosimiga bo'lgan bunday ulkan qiziqishning asosiy sabablaridan biri esa, albatta, rossiyalik taniqli xonanda Vera Brejnevaning tadbir so'nggida bergan konserti bo'ldi.

Tadbir ishtirokchilari orasida Samsung shirkatining qator qurilmalari, jumladan, bir dona Galaxy S5 smartfoni o'ynaldi.

O'zbekiston mobil bozoriga chiqishga ulgurgan Galaxy S5 smartfoni (16 Gb xotirali) ayni damda Toshkentagi do'konlarda 2 400 000 so'mdan 2 500 000 so'mgacha sotilmoqda.

Poytaxtning "Malika" savdo majmuasidagi "LG" do'koni xodimlariga ko'ra, Galaxy S5 qurilmasi narxi balandligiga qaramay, mijozlarda katta qiziqish uyg'otmoqda.


Galaxy S5'da nima yangiliklar bor?

Janubiy Koreya shirkatining yangi flagman telefoni barmoq izi skaneri, yurak pulsi datchigi va 16 megapikselli kamera bilan jihozlangan bo'lib, Android 4.4.2 bazasi asosida ishlaydi.

Dizayn jihatidan esa Galaxy S5, huddi iPhone 5S smartfoni iPhone 5'dan farqlanmagani kabi, 2013 yilda chiqqan Galaxy S4 qurilmasi bilan deyarli bir hil.

Galaxy S5'ning dizaynidagi kam sonli o'zgachaliklari esa biroz kattaroq ekrani (5,1 dyuym) va orqa panelining boshqa materialdan yasalganidadir.

Barmoq izi skaneri ekran ostida joylashgan "uy" tugmasiga biriktirilgan bo'lib, bu jihatdan Samsung yangi smartfoni raqobatchi shirkat Apple'ning iPhone 5S apparatiga juda o'xshab ketadi (yana patent urushi boshlanadimi?).

Galaxy S5 xotirasida saqlangan barmoq izi yordamida smartfonni blokdan chiqarish va internet-do'konlarida xaridlarni amalga oshirish mumkin. Smartfon faqat uchta barmoq izini xotirasida saqlay oladi.

Bundan tashqari, barmoq izi orqali foydalanuvchi "private", ya'ni boshqalar ko'zidan saqlamoqchi bo'lgan fayllarga ham kira olishi mumkin.

Samsung shirkati yangi apparatning suv va changdan qo'rqmasligini aytmoqda. Aytib o'tish joiz, Galaxy liniyasidagi eski apparatlarda bunday funksiya bo'lmagan.

Smartfondagi yurak pulsi datchigi orqa paneldagi kamera obyektivi ostida joylashgan bo'lib, barmoq uchi orqali yurak pulsiga oida ma'lumotlarni yig'a oladi. Bu esa kasallar yoki sportchilarga juda qo'l kelishi mumkin.
XS
SM
MD
LG