Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 15:23

Ozarbayjonda to‘p surayotgan o‘zbekistonlik futbolchi Bahodir Nasimov jarohat oldi


Ozarbayjonning “Neftchi” klubida faoliyat yuritayotgan o‘zbekistonlik futbolchi Bahodir Nasimov jarohati tufayli mavsum so‘nggigacha maydonga tusha olmaydi.

Bu haqda xabar bergan Stadion.uz nashriga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Nasimov Ozarbayjon chempionatining 30-tur bahsi oldidan o‘tkazilgan mashg‘ulot vaqtida jiddiy jarohat olgan.

Futbolchining qanday jarohat olganligi haqida aniq ma‘lumot berilmagan.

Shunday qilib, o‘zbekistonlik legioner chempionatning qolgan 6ta o‘yini va Kubok bahslarida ("Neftchi" yarim finalga chiqqan) maydonga tusha olmaydi.

27 yoshli o‘zbekistonlik futbolchi “Neftchi” safiga 2011 yili kelib qo‘shilgan va joriy mavsumda 6ta goli bilan jamoasining eng yaxshi to‘purari bo‘lib turibdi.

“Neftchi” klubi ayni damda Ozarbayjon chempionatida uchinchi o‘rinda bormoqda.
XS
SM
MD
LG