Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 07:01

Futbol: "Bunyodkor" Toshkentda "Al-Fath"ga qarshi o‘ynaydi


Toshkentning “Bunyodkor” futbol klubi 16 aprel kuni Osiyo Chempionlar ligasi 5-tur uchrashuvida Saudiya Arabistonining “Al-Fath” klubini qabul qiladi.

"Paxtakor" markaziy stadionida o‘tadigan o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 18:00da boshlanadi. "Bunyodkor" oq, "Al-Fath" ko‘k formada o‘ynaydi.

Jamoalar 25 fevralda OChL guruh bosqichining 1-turi doirasida Saudiya Arabistonida bellashishgan edi. O‘shanda o‘yin 0:0 hisobida yakunlangan.

Ayni damda "Bunyodkor" klubi to‘rt jamoa bellashayotgan "B" guruhida 2 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda. Sakkiztadan ochkoga ega bo‘lgan "Al Jaish" va "Fulad Huziston" jamoalari mos ravishda birinchi va ikkinchi o‘rinlarni egallab turibdilar.

"Qaldirg‘ochlar"ning guruhdan chiqish imkoniyatlari deyarli qolmagan bo‘lsa-da, ularga omad tilab qolamiz.
XS
SM
MD
LG