Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 20:24

Server Jeparov Janubiy Koreyaning eng yuqori daromadli xorijlik futbolchilari uchligiga kirdi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Server Jeparov Janubiy Koreyada faoliyat yuritayotgan xorijlik futbolchilar orasida daromadi bo‘yicha uchinchi o‘rinda turadi.

Bu haqda Stadion.uz nashri Koreya Futbol Assotsiaciyasining Key-ligada to‘p surayotgan legionarlar daromadlari haqidagi reytingiga asoslanib xabar berdi.

Ushbu reytingda aytilishicha, ayni damda “Seongnam” klubi a‘zosi Server Jeparov bir yilda taxminan 1 million 116 ming dollar maosh oladi va daromadi bo‘yicha Janubiy Koreyadagi legionerlar orasida uchinchi o‘rinda turadi.

Koreyada eng ko‘p maosh oluvchi legioner esa “Seul” klubining kolumbiyalik hujumchisi Molina ekani aytilmoqda. Unga yiliga 1 million 324 ming dollar maosh to‘lanadi.

31 yoshli Server Jeparov ikki karra – 2008 va 2011 yillari Osiyoning eng yaxshi futbolchisi, deb e‘tirof etilgan.
XS
SM
MD
LG