Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 02:29

Gulnora Karimovaning arzanda san‘atkorlari taqiqqa uchradi


Rashid Holiqov nafaqat Gulnora Karimova tadbirlarining faol ishtirokchisi, balki u bilan duet ham aytgan.
Rashid Holiqov nafaqat Gulnora Karimova tadbirlarining faol ishtirokchisi, balki u bilan duet ham aytgan.
O‘zbekiston Xalq artisti Murod Rajabov, xonanda Nilufar Usmonova, “Shahzod” guruhi xonandasi Rashid Holiqov, taniqli aktyor Alisher Uzoqov, rejissyor Nabi Abdurahmonov va “Zarba” guruhi uchun tele va radio efirlar yopildi. Shou biznes vakillariga ko‘ra, Gulnora Karimovaning arzanda san‘atkorlari sanalgan bu shaxslar o‘z “boshpanohi”ning iqtidordan ketgani ortidan taqiqqa uchrayapti.


"Zapret" og‘zaki bo‘lgan

Keyinggi yillarda sahnaning to‘rini egallab kelgan san‘atkorlar Murod Rajabov, Nilufar Usmonova, Rashid Holiqov, Alisher Uzoqov, Nabi Abdurahmonov va “Zarba” guruhi xonandalari aprel oyidan boshlab taqiqqa uchradi.
Nabi Abdurahmonov Gulnora Karimovaning aksar tadbirlariga rejissyorlik qilgan.
Nabi Abdurahmonov Gulnora Karimovaning aksar tadbirlariga rejissyorlik qilgan.
O‘zbek shou biznesidagi Ozodlik manbasiga ko‘ra, mamlakatdagi televideniye va radio kompaniyalarga ushbu san‘atkorlarni efirga chiqarmaslik haqida buyruq berilgan.

“Hamma efirlar ular uchun yopildi. Televideniye, radio hammasiga ularni zapret qilish haqida aytilgan. Hozir televideniye yoki radiokanallarda birortasining izini ham topa olmaysiz. Faqat saytlarga indashmagan. Chunki bizda saytlar muhim darajadagi ommaviy axborot vositasi sanalmaydi. Hatto "Tarona rekords” o‘zining “O‘zbegim taronasi” radiosida Nulufarni qo‘ya olmayapti”,- dedi manbamiz.

“O‘zbeknavo” estrada birlashmasining mulozimlaridan biri ushbu besh san‘atkor va bitta guruhga nisbatan taqiq borligini tasdiqlab, bu og‘zaki ko‘rinishdagi buyruq orqali amalga oshirilganini aytdi.

“Lekin bu “O‘zbeknavo”ning taqiqi emas. Bizga yuqoridan ro‘yxat berilib, shu shaxslarni efirdan olish topshirildi. Taqiq sabablari bizga aytilmadi. Biz yuqorining buyrug‘ini bajarayapmiz. Lekin qo‘limizda bu borada biror yozma buyruq yo‘q. Hammasi og‘zaki”,- dedi “O‘zbeknavo” mas‘uli.


"Gulnoraning arzandalari"

O‘zbek shou biznesidagi manbaga ko‘ra, taqiqqa uchragan san‘atkorlar keyingi yillarda Gulnora Karimovaning eng sevimli xonanda va aktyorlari sanalib kelgan.

Endilikda Karimova xonimning iqtidordan ketishi ortidan uning arzanda san‘atkorlarining ham mavqei zaiflashgan.
Murod Rajabov Gulnora Karimova tadbirlarining eng faol ishtirokchilaridan.
Murod Rajabov Gulnora Karimova tadbirlarining eng faol ishtirokchilaridan.
​O‘zbekiston Xalq artisti 65 yashar Murod Rajabov Ozodlik bilan suhbatda o‘ziga nisbatan taqiq borligini eshitgani, biroq bu borada qo‘liga biror yozma hujjat berishmaganini aytdi.

- Men shunaqa deb eshitdim, lekin anig‘ini bilmayman. Bilolmayapman. Bizga hech kim aytgani yo‘q. Lekin shunaqa gap bor. Endi bu narsalar e‘lon qilinmaydi. "Efirga chiqarilmasin", deb aytiladi. Lekin e‘lon qilinmaydi. Masalan, "efirga chiqarilmasin", degan odamlarga xat ham kelmaydi. Faqat "chiqarmanglar", deyishadi.

Ozodlik: Murod aka, Gulnora Karimovaga yaqin bo‘lgan san‘atkorlar mana shu taqiq ro‘yxatiga tushgan, degan gap aytilayapti.

- Balki shunaqadir. Balki boshqa narsadir. Men o‘zim bilmayman,- dedi Murod Rajabov.

Murod Rajabov o‘tgan oy “Muqimiy” musiqali drama teatri rahbarligidan bo‘shatilgan edi. Endilikda unga kinolarda rol ham berilmasligi mumkin.

Taqiqqa uchraganlar ro‘yxatidagi Nabi Abdurahmonov esa O‘zbekiston Yoshlar tetarida o‘z ishini davom ettirayapti. 21 aprel kuni Abdurahmonov yangi spektaklning repetitsiyasi bilan bandligi bois u bilan so‘zlasha olmadik.

Nilufar Usmonovaning ma‘muri esa "Hech qanday taqiq yo‘q", degan javob bilan kifoyalandi.

Taqiq ro‘yxatiga kirgan boshqa san‘atkorlar bilan bog‘lanish imkoni bo‘lmadi.


Alisher Uzoqov taqiqdan avval kinodan ketishini aytgan

Aktyor, rejissyor, xonanda va parodiyachi 30 yashar Alisher Uzoqov taqiq haqidagi xabar chiqishi oldidan kinoni tark etishi haqida ma‘lum qilgan edi.
Alisher Uzoqov bir necha bor Gulnora Karimova o‘tkazgan tanlovlarning g‘olibi bo‘lgan.
Alisher Uzoqov bir necha bor Gulnora Karimova o‘tkazgan tanlovlarning g‘olibi bo‘lgan.
Alisher Uzoqov ham Gulnora Karimovaning deyarli barcha tadbirlarida faol ishtirok etib kelgan.

2012 yilda Karimovaga qarashli bo‘lgan M&TVA tanlovida Alisher Uzoqov “Eng yaxshi aktyor” mukofotiga sazovor bo‘lgan.

Uzoqov rejissyorligida suratga olingan "Endi dadam bo‘ydoq" kartinasi ham ushbu tanlovning "Eng yaxshi fil mi", deb topilgan.

Alisher yuzga yaqin fil mda rol ijro qilgan, asosan, uni bosh rollarda ko‘rish mumkin.

Keyingi paytda Alisher Uzoqov “Istiqlol” futbol klubida hujumchi sifatida o‘ynamoqda.


"Nilufar Usmonovaning mast holdagi videosi tarqaldi"

Yulduz Usmonovaning qizi Nilufar ham Gulnora Karimovaning xayriya tadbirlarida faol ishtirok etib kelgan.
Nulufar Usmonova xonanda Shahzoda bilan Gulnora Karimovaning xayriya tadbirlaridan birida.
Nulufar Usmonova xonanda Shahzoda bilan Gulnora Karimovaning xayriya tadbirlaridan birida.
Toshkentdagi manbamizga ko‘ra, Nilufar Usmonovaning taqiqqa uchraganiga uning keyingi paytdagi hatti-harakatlari ham sabab bo‘lgan.

“Nilufar keyingi paytda o‘zidan ketib qolayotgandi. Yaqinda bitta video tarqaldi. Videoda Nilufar ichib, qotib qolgan va hammani so‘kadi. Oyog‘ida tura olmaydi. Og‘zidan bodi kirib, shodi chiqadi. Shu video hamma yoqqa tarqalib ketdi”,- dedi Toshkentdagi manbamiz.
XS
SM
MD
LG