Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 02:11

Referi Ravshan Ermatovga “El-yurt hurmati” ordeni topshirildi


O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov farmoniga muvofiq o‘zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlandi. Ermatovga ordenni O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri Shavkat Mirziyoyev topshirdi.

Joriy yil Braziliyada o‘tkazilgan jahon chempionati o‘yinlarida hakamlik qilgan FIFA referisi Ravshan Ermatov va uning yordamchisi Abduhamidillo Rasulovni taqdirlash marosimi 25 iyulь kuni Toshkentdagi Olimpiya shon-shuhrati muzeyida bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Futbol federatsiyasi ma‘lumotiga ko‘ra, marosimda Ravshan Ermatov va Abduhamidullo Rasulovga Prezident sovg‘alari – Malibu va Orlando avtomobillari sovg‘a qilindi.

Ravshan Ermatov 2010 yil Janubiy Afrika Respublikasida o‘tkazilgan Jahon chempionatida beshta va joriy yil Braziliyadagi chempionatda to‘rtta o‘yinni boshqardi.Shuningdek Ravshan Ermatovga O‘zbekiston Futbol Federatsiyasining “O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi” faxriy esdalik nishoni topshirildi.

Ravshan Ermatov 2010 yil Janubiy Afrika Respublikasida o‘tkazilgan Jahon chempionatida beshta va joriy yil Braziliyadagi chempionatda to‘rtta o‘yinni boshqardi.

Bu bilan Ermatov jahon chempionatining final bosqichida to‘qqizta o‘yinni boshqargan yagona hakam bo‘ldi va 20 yillik rekordni yangiladi.

Shu kungacha jahon chempionati o‘yinlarida rekord frantsiyalik Joel Kinьo, urugvaylik Jorj Larrionda va meksikalik Benito Archundiaga tegishli bo‘lib, ularning har biri referilik karьerasi davomida sakkiztadan o‘yinni boshqargan.

Frantsiyalik Joel Kinьo 1994 yildan beri jahon chempionati o‘yinlarida sakkizta o‘yinni boshqargan yagona futbol hakami edi. 2010 yilda uning safiga Jorj Larrionda va Benito Archundia qo‘shilgan.

Ravshan Ermatov 2003 yildan beri FIFA referisi bo‘lib, xalqaro o‘yinlarni boshqarib kelmoqda.

2010 yilda Janubiy Afrika Respublikasida o‘tkazilgan jahon chempionati o‘yinlarida birinchi marta hakamlik qilgan Ermatov chempionat davomida beshta o‘yinni, jumladan, yarim finalda Gollandiya-Urugvay terma jamoalari o‘yinini boshqargan.

O‘sha paytda 32 yoshda bo‘lgan Ermatov, ayni paytda, jahon chempionati o‘yinlarini boshqargan eng yosh referi bo‘lgandi.

Ravshan Ermatov o‘zbekistonlik Abduhamidullo Rasulov va qirg‘izistonlik Bahodir Qo‘chqorov bilan birga jahon, Osiyo, Olimpiada va boshqa xalqaro musobaqalarda hakamlik qilib kelmoqda.

2011 yilda FIFA Ravshan Ermatovni “yilning eng yaxshi hakami” deb e‘lon qilgan.

Ermatov Osiyo Futbol konfederatsiyasi tomonida to‘rt marta “eng yaxshi hakam” deb elon qilingan yagona hakamdir.

XS
SM
MD
LG