Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:48

"Itlarning haqini yeb, endi pensionerlar haqiga ko‘z olaytirdi"


Ozodlikning "OzodMaktub" ruknida mushtariylarimizdan biri jo‘natgan navbatdagi maktubni e‘lon qilmoqdamiz. Maktubda tuman IIB xodimi T.T., qing‘ir ishlari haqida hikoya qilinadi. Ozodlik eslatmasi: mushtariy o‘z maktubida keltirgan dalil va isbotlar uchun Ozodlik radiosi mas‘ul emas. Mushtariylarimizning e‘lon qilingan maktublari Ozodlik radiosi pozitsiyasini anglatmaydi. Maktub juziy o‘zgarishlarsiz, imlo xatolari to‘g‘rilangan holda chop etilmoqda.

"Salom Ozodlik radiosi muxbirlari. Sizlarga bir muhim masala yuzasidan murojat qilayapmiz. Ushbu arzimizni nazoratsiz qoldirmassiz, degan umiddamiz.

Qonun qo‘riqchisini qing‘irliklari Navoiy viloyatidagi IIBda bira to‘la uchta, kinolog, kassir va ta‘minot vazifalarida hormay-tolmay ishlab kelayotgan T.T.ni tilsiz jonivorlarning haqqini yegani yetmaganidek, endilikda xodimlar, pensionerlarni rizqiga ko‘z olaytirmoqda.

Bizga ma‘lum bo‘lgan ayrimlarini sizga yo‘llashni joiz, deb topdik.

2013 yil fevral oylarida ochlikdan, suvsizlikdan narigi dunyoga ravona bulgan to‘rt nafar yo‘q itlar uchun sentyabr oyiga qadar itlarni oziq-ovqati uchun davlatdan mablag‘ olib turgan, bu mablag‘lardan T.T. yillar davomida faqat mol boqish uchun foydalanib kelayapti.

Shu ish uchun ma‘sul IIB viloyat moliya bo‘limidagi ayrim jonkuyar xodimlar manfaatdor shekilli panja orasidan qarashadi.

Sentyabr oyida tekshirish kelishidan xabardor T.T. yerni tagidan oldimi, xuddi o‘sha nasldagi itlardan keltirib qo‘ydi.

Kassirlikdagi qing‘irliklariga kelsak, pensionerlar rahmatiga 4-5 ming so‘m tashlab ketishadi. Xodimlarni maoshlaridan qaytarayotgan pullarni esa cheki-chegarasi yo‘q, "Nima uchun maoshimizdan ushlab qolinayapdi," desak, javob bitta: “Boshliqni topshirig‘i” deyishdan nariga o‘tmaydi.

Qatra-qatra yig‘ilib daryo bo‘lur deganlaridek T.T.ni hozir daryodek toshgan payti. Bu qilayotgan turli xil qing‘irliklarini, xodimlarning maoshidan otning kallasidek qaytarayotgan pullari to‘g‘risida bir necha bor shaxsiy tarkib bo‘yicha boshliq o‘rinbosari N. T.ga bildirganimizda, T.T. bilan hamkorligi bormi, eshitmaganga oladi.

Biror marta kam ta‘minlangan oilalarga beriladigan xodimlardan milionlab yig‘ilgan pullarni T.T. bermagan. Kabinetida spirtli ichimlik iste‘mol qilib turganini bir necha bor guvohi bo‘lganmiz. O‘zi tarbiyaga muhtoj boshliqni bizga keragi yo‘q.

Yeb to‘ymagan, yalab to‘yarmidi, deganlaridek eng achinarlisi, T.T. farroshni mukofot pullariga soxta vedemost qilib olayotgan hollar ham yuz bermoqda.

Ta‘minotdagi qing‘irliklarni aytmasa ham bo‘ladi. IIB xizmat mashinalari uchun davlat tomonidan berilayotgan benzinlarni undan birini ham bermaydi. Haydovchilarni fig‘oni falakda. Qidiruv bo‘limi tomonidan ushlab kelingan, davlatga musodara qilinishi lozim bo‘lgan noqonuniy sotilayotgan benzinlar, paxta zavodidan o‘g‘irlangan chigitlar, tergov bo‘limi tomonidan fuqarolardan olingan har xil daliliy ashyolar hujjatda yaroqsiz holatga keltirilib, T.T. tomonidan “yo‘q” qilinmoqda.

Qisqasini aytganimizda, tuman Ichki ishlar bo‘limi T.T.ni shaxsiy omborxonasiga aylangan.

VSXda saqlanayotgan sutkalik mahbuslarni esa T.T. uyiga olib borib shaxsiy tomorqasida quldek ishlatmoqda. Bo‘lim hovlisiga kirsangiz birorta ko‘zni quvontiruvchi gul topolmaysiz, qo‘y boqiladigan yaylov, bu yerda yayrab, semirib yetilgan qo‘ylarni T.T. so‘yib go‘sht do‘koniga topshiradi.

Sadaqa uchun ishchilarga 2-3 kun mobaynida 0,5 kgdan beradi xolos. Qo‘ylar kayerdan, kimni puliga kelyapti, bu qo‘ylarni pulidan kim manfaatdor bunisi bizga qorong‘u. Poraxo‘rlikka, o‘g‘rilikka, firibgarlikka jazo muqarrarligini bilamiz, biroq mazkur jinoyatlarni T.T. boshqacha ko‘rinishda talqin qilayotgani uchun jazo yo‘qmi? Pensiya muddati o‘tib ketganligiga ko‘p bo‘lgan bo‘lsa-da, shuncha daromadli joyni tashlab ketishga ko‘zi qiymayapti. Bo‘limda jinoyatga qarshi kurashish va huquqbuzarlikni oldini olish ishlari birinchi va ikkinchi o‘rinbosarlarni vijdonan halol ishlayotganligi bois mazkur ishlar ma‘romida borayapti. Yuqoridan olqish olish uchun o‘z xuzur - halovatini o‘ylab quruvchiligu, mehmonnavozlikni o‘ziga kasb qilib olgan rahbarni parvoyi palak. Olqishni orqasidan qanchadan-qancha insonlarni qarg‘ishi borligini nahotki bilmasa? Majburan qurilish ishlariga jalb qilingan navoiylik uch nafar qo‘riqlash bo‘limi xodimlari va qashqadaryolik bir nafar huquqbuzarni tomdan tushib ketib oyoq - qo‘li sinib azob tortganida qarg‘amadimi ? Bizga qurilish ishlarida mutaxasis bo‘lgan boshliq emas, haqiqiy IIB rahbari kerak.

(Xafsizlik uchun ism familyalarimizni yozmadik)"

XS
SM
MD
LG