Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 20:31

“Sport” telekanali yangi mavsumda Yevropa milliy chempionatlarini namoyish etmaydi


O‘zbekistonning “Sport” telekanali 2014/2015 yilgi mavsumda Angliya Premer-ligasi va Ispaniya La Ligasi o‘yinlarini translyatsiya qilmaydi.

Bu haqda xabar bergan Daryo.uz nashriga ko‘ra, telekanal hozirga qadar Yevropa milliy chempionatlarini translyatsiya qilish uchun birorta ham shartnoma imzolamagan.

Telekanalda “Evrotaym” ko‘rsatuvi tiklanadi va unda muxlislar o‘rtasida mashhur bo‘lgan Ispaniya, Angliya, Frantsiya, Germaniya va Italiya kabi mamlakatlar jamoalarining o‘yinlaridan lavhalar namoyish etiladi, deyiladi xabarda.

Avvalroq O‘zMTRK tarkibiga kiruvchi "Sport" telekanali Yevropa Chempionlar ligasi va Yevropa Ligasi o‘yinlarini namoyish etmasligi xabar qilingan edi.

XS
SM
MD
LG