Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 14:27

Hokimiyat ayollar chetga chiqish uchun izn olishga majburlanayotganini rad etdi


Toshkent shaharining bir qancha tuman hokimiyatlari 35 yoshgacha bo‘lgan o‘zbek ayollari O‘zbekistondan mahalliy hokimiyatlar ruxsatnomasi bilangina xorijga chiqa olishlari haqidagi xabarni rad etib chiqishdi.

Avvalroq, Internetdagi nashrlarda O‘zbekistonda ikki yilga chiqish vizasini olish uchun tuman va shahar hokimiyatlari ruhsatnomasi zarur bo‘lishi va bu amal avgust oyi boshidan kuchga kirgani haqda xabarlar paydo bo‘lgan edi.

Toshkentning Olmazor, Yunusobod va Hamza tumani hokimiyati rasmiylar Podrobno.uz saytiga bunaqa tartib haqida eshitmaganliklarini aytishgan. Ayni paytda bu mavzu ijtimoiy tarmoqlarda keng muhkama etilmoqda.

O‘zbek ayollari chet elga chiqib, fohishalik bilan shug‘ullanishi oldini olish uchun ulardan hokimiyatlarning ruhsatnomasi talab etilayotgani aytilmoqda.

Ozodlik manbalari bu cheklov sabablarini O‘zbekiston shahar va tumanlaridan xorijga chiqqan mehnat muhojirlarini ortga qaytarishga qaratilgan targ‘ibot va tashviqot ishlari bilan ham bog‘lashmoqda.

XS
SM
MD
LG