Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 20:45

Nogiron tug‘ilgan Zulfizar bepul operatsiya qilinishi mumkin


Bir yoshli bemor qizaloq Zulfizar
Bir yoshli bemor qizaloq Zulfizar

Toshkentlik 21 yoshli Sarvar "Sog‘lom bola” yilida nogiron tug‘ilgan bolasini operatsiya qildirish uchun imtiyoz izlamoqda. Sardorning aytishicha, labi kemtik va burun bo‘shlig‘i kasalligi bilan tug‘ilgan qizini xususiy klinikalarda operatsiya qildirish qimmatlik qilmoqda. Davlat shifoxonalarida esa yillab navbat kutish kerak.

Toshkentlik Sarvarning qizi Zulfizar bir yoshga kirdi.

Chaqaloq bir qancha jismoniy kamchiliklar bilan dunyoga keldi. Uning pastki labi kemtik bo‘lib, unga “quyonlab” tashxisi qo‘yildi.

Bundan tashqari, qizaloqning burun qismida ham bir qancha tug‘ma kasalliklar borligi aniqlandi.

Zulfizarning dadasi Sarvarning aytishicha, burundagi kasalliklar tufayli u nafas olishga qiynaladi:

- Shu sabab qizim nafas olishga qiynalyapti va ba‘zi og‘ir holatlarda bola ko‘karib qolyapti, deydi Sarvar.

Ota o‘tgan bir yil davomida ko‘p marta do‘xtirlarga murojaat qilgani va operatsiya uchun katta pul so‘rashayotganini aytadi:

- Operatsiya kunini belgilashgan ham, lekin meni pulim yetmayapti. Maoshim oilamni boqishdan ortmaydi. Shuning uchun “Sog‘lom bola” yilida nogiron bolalarning operatsiyasiga biror imtiyoz bormi deb so‘ramoqchi edim, - dedi Sarvar.

Ozodlik Sarvarning savoli ortidan Toshkent pediatriya tibbiyot institutining klinikasiga (sobiq SamPI – tahririyat) murojaat qildi.

Klinikaning o‘zini tanishtirmagan mulozimiga ko‘ra, nogiron bolalarni operatsiya qilish uchun “Sog‘lom bola” yilida alohida imtiyozlar nazarda tutilmagan:

- Bizlarda imtiyoz degan narsa yo‘q. Operatsiyaga reja asosida kelgan bemorlar ro‘yxatga qo‘yiladi. Navbati besh kundan keyinmi, bir oydan keyinmi o‘shanda operatsiya qilinadi. Bu yerda pul to‘lang, degan narsa yo‘q. Siz aytgan "quyonlab" bolalar operatsiyalari plastik xirurgiya bo‘limimizda bepul o‘tkaziladi, - dedi klinika mulozimi.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligining Onalar va bolalar salomatligini himoya qilish bo‘limining o‘zini tanshitirmagan mulozimining aytishicha, nogiron bolalar operatsiyasi ularning holatiga qarab mutlaqo bepul o‘tkaziladi:

- Nogiron bolalar operatsiyasi uchun hech kim pul olmaydi. Mabodo, operatsiya uchun biror xil dori klinakada bo‘lmasa, ota-ona o‘sha dorini topib kelishi mumkin. Agar biror muammo bo‘lsa, bizga murojaat qilishsin, - dedi vazirlik mulozimi.

*************************************************************************
Muhtaram mushtariy, agar sizni ham tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz, bizga qo‘ng‘iroq qiling yoki Skypeda biz bilan muloqotga chiqing!

XS
SM
MD
LG