Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 17:24

"Xalq banki"dagi texnik muammo bois bolalar nafaqasi 2 oyga kechikdi


O‘zbekistonlik yosh bolali oilalar nafaqa pullarini oylab ololmayotgani aytiladi
O‘zbekistonlik yosh bolali oilalar nafaqa pullarini oylab ololmayotgani aytiladi

Qoraqalpog‘istonning Amudaryo tumanida bolalar nafaqa puli 2 oydan buyon berilmayotganidan shikoyat bo‘ldi. Aytilishicha, paxta yig‘im-terimi arafasida naqd pul taqchillashgani bois, nafaqa kechikmoqda. "Xalq banki" mutasaddilari esa bunga texnik muammo sababligini aytib, naqd pul taqchilligini inkor qildi.

Qoraqalpog‘istonning Amudaryo tumanida istiqomat qiluvchi ikki bolaning onasi Go‘zal 2 oydan buyon “Xalq banki”ning Amudaryo filialiga qatnayotgani, ammo bolalariga nafaqa pulini ololmayotganidan Ozodlikka arz qildi:

Assalomu alaykum, bizlar ikki oydan beri bola pulini ololmayapmiz, shuni tekshirishni iloji bormi? Mang‘it shahridagi bankka bir oydan beri qatnaymiz. Har kuni ana bo‘ladi, bugun posle obed bo‘ladi, deb aldaydi. Endi bularning ustidan kimga shikoyat qilishimizni bilmaymiz”, deb yozadi amudaryolik Go‘zal.

O‘zbekiston “Xalq banki”ning Amudaryo tumani filialining o‘zini tanishtirmagan mulozimi Ozodlik bilan suhbatda bolalar nafaqa pullarining kechikishi texnik sabablar bilan bog‘liqligini aytdi:

- Hozir to‘la onlayn sistemasiga o‘tyapmiz, shunga ozgina zaderjka bo‘ldi. Hozir mutaxassislarimiz shuning ustida kechayu kunduz ishlayapti. Hammani 100 foiz plastikka o‘tkazyapmiz. Haqiqatan ham iyulь va avgust oylari uchun qiynalyapmiz. Xudo xohlasa, tez kunlarda iziga tushib ketadi. Pul bor, faqat texnik sabab shunday bo‘lib qoldi, - dedi bank mulozimi.

Samarqand viloyatining Urgut tumanida istiqomat qiluvchi To‘lanboy ham bolalar nafaqa pullari 3 oyda bitta qilib berilayotganini aytadi:

- Men ham bitta farzandimga 192 ming so‘m nafaqa puli olaman. Lekin “Xalq banki”ning Urgut tumani filiali har uch oyda bitta qilib plastikka tashlab beryapti. Buning ustiga plastikdagi pulni naqd qilish imkoni yo‘q. Naqd pul kerak bo‘lsa. do‘konlar 10-15 foiz hisobiga almashtirib beryapti, - dedi To‘lanboy.

O‘zbekistonliklarga ko‘ra, 100 foiz plastik kartochkaga o‘tkazilayotgan bolalar nafaqa pulini naqdga aylantirish jarayonida pulining bir qismini yo‘qotayotgani oilalarni qiyin ahvolga solib qo‘yayotgan bir jihat bo‘lsa, ikkinchi jihat, joylarda bolalarga nafaqa pulini tayinlashda pora talab qilish holatlari ko‘p kuzatilayotganidir.

Jumladan, Ozodlikning “Odnoklassniki” sahifasida ham ayni muammodan arz qilayotgan mushtariylar soni ko‘plab va ba‘zi sharhlar quyida o‘zgarishsiz chop etilmoqda:

MEN JUDA SARSON BO‘LIB, HUJJATLARNI TO‘G‘IRLADIM VA TOPShIRUVDIM. LEKIN ANA ChIQADI, MANA KELADI, DEB ALDAB BERIShMADI.!!”

Nimamish bolalar pulini kam taminlangan oilalar olarmish lekin xech bir kam taminlangan ololmayapti puli bor boylar oladi nimagaki ular pul berib to'grilashadi puli yo kambagallar qanaqib berishsin”.

Vobshe pul olobsilami deb suraylar, topgan baxonasi otasi Rossiyaga ishlayapti, ulani uzlari yeb yotibdi, daje kam taminlangan oilalarga yetim yesirlarga beriladigan pulni xam uyalmasdan uz bolasiga yoki karindosh uruglariga tugirlab olib yeydi. Yetimni xaki bir kuni teshib chikadi u xaromilani. Bizda xakikat yuk”.

Xozirgi kunda yosh bolalarning pulini olish un dokumentga kancha xarajat ikki uch oy yugirasiz yana birinchi oyligini ular oladi keyin egasi bir oy olib bir olmaysiz bularning boxanasi kup ish xaki oshib ketdi deb aytadi lekin katta ishda ishlaydiganlar yoki gapi utadiganlar tulik oladi”.

Tugri aytasan bolam meni kizimni 3 farzandi bor uchalasiga nafaka tugul suyunchi puli xam olgani yuk sababi ishlamas emish yeki domkom sekretariga nafakani 3 oyligini berasan nafaka olasan yeki xech narsa yuk.ana shunaka”.

Bolalar nafaqasi va pensiya ta‘minoti bilan bog‘liq muammolar bo‘lsa Ozodlik radiosiga xbaar berishingizni so‘raymiz.

XS
SM
MD
LG